Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Turkiyaga Patriot majmualari yetkazib berilishi shartini aytdi
Turkiyaga Patriot majmualarini yetkazib berish mavzusi Suriyaning Idlib provinsiyasidagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng yana o‘rtaga chiqdi.
Foto: U.S. Army
Turkiya Rossiyaga S-400 majmualarini qaytarib bermagunicha Amerikaning Patriot zenit-raketa majmualarini ololmaydi. Bu haqda Pentagon rahbari yordamchisi Jonatan Xoffman ma'lum qildi.
"Mudofaa vaziri Mark Esperning pozitsiyasi u vazir bo‘lganidan (2019 yil yozidan)buyon aniq edi. Turkiya Rossiyaga S-400ni qaytarmas ekan, Patriot batareyalarini olmaydi", - dedi Xoffman.
Turkiyaga Patriot majmualarini yetkazib berish mavzusi Suriyaning Idlib provinsiyasidagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng yana o‘rtaga chiqdi.
Seshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShning Turkiya tomonidan Rossiyaning S-400 majmualari sotib olinishiga nisbatan munosabati yumshaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh faqat S-400dan foydalanmaslikni so‘ramoqda.
Turkiyaga Rossiyaning S-400 majmualarini yetkazib berish 2019 yilning iyulida boshlangandi.
Vashington ushbu shartnomadan voz kechishni va uning o‘rniga Patriot majmualarini sotib olishni talab qildi. Aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermaslik hamda sanksiya kiritish bilan tahdid qildi. Anqara bunga rozi bo‘lmadi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada S-400 apreldan boshlab jangovar navbatchilikka qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:47 / 02.01.2026
Germaniya tomonidan to‘langan ikki Patriot ZRK Ukrainaga yetkazildi
08:23 / 10.11.2025
Zelenskiy: Yevropa Kiyevga Patriot ZRKni vaqtincha berib turishi mumkin
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
21:47 / 06.10.2025