Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixda ikkinchi bor OIVga chalingan inson butkul sog‘ayib ketdi
Avvalroq ilik ko‘chirib o‘tkazilishi OIVdan tuzalgan dunyodagi birinchi inson – berlinlik Timoti Braunning sog‘ayishiga yordam bergandi.
Foto : MED360
Shifokorlar insoniyat tarixida ikkinchi inson odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV)dan butkul sog‘ayganini tasdiqladi. U Londonda yashovchi 40 yoshli Adam Kastilexodir deb xabar bermoqda BBC News.
Unga 2003 yilda OIV tashxisi qo‘yilgandi. Virusdan forig‘ bo‘lishda unga ilik ildiz hujayrasining ko‘chirib o‘tkazilishi yordam bergan. Kastilexoda saraton kasalligi ham aniqlangani bois unga ilik ko‘chirib o‘tkazilgandi. Donordagi irs mutatsiyasi OIVni bartaraf etgan.
Shifokorlarning qayd etishicha, Kastilexo 30 oy avval antiretrovirus preparatlarini qabul qilishni to‘xtatgan, uning tahlillarida virus aniqlanmagan.
Avvalroq ilik ko‘chirib o‘tkazilishi OIVdan tuzalgan dunyodagi birinchi inson – berlinlik Timoti Braunning sog‘ayishiga yordam bergandi. Bu haqda 2011 yilda, ilik ko‘chirib o‘tkazilishidan 3,5 yil o‘tgach ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:26 / 09.08.2025
Rossiyada OIV-bemorlar tekshiruv bo‘yicha rad javoblaridan shikoyat qildi
21:29 / 01.08.2025
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi
10:33 / 10.06.2025