Toşkentda 3 mingga yaqin kişi bola asrab oliş uçun navbatda turibdi. Tizimni soddalaştiriş kerakmi?
|22:54 / 10.03.202050 2298 min
Çaqaloq savdosi ijtimoiy hayotdagi eng oğriqli masalalardan biri bölib turibdi. Bu muammoning ildizi, Içki işlar vazirligi talqiniga köra,bola asrab olişning qiyinligi va bu jarayondagi qoğozbozliklarga borib taqaladi.
Darhaqiqat, köplab fuqarolar farzandlikka oliş jarayoni juda murakkabligi, yillar davomida navbat kutiş kerakligi va korrupsiya holatlaridan şikoyat qilmoqda.
Aslida vaziyat qanday? Fuqarolarning e'tirozlari asoslimi? Kun.uz masala yuzasidan soha mutaxassislarining fikrlari bilan qiziqdi.
«Qonunçilikda kamçiliklar bor»
Adiba Safarova – Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas'ul xodimi:
Adiba Safarova
– Özbekiston Respublikasida farzandlikka oliş Oila kodeksi va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan «Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga oliş (patronat) töğrisida»gi Nizom bilan tartibga solinadi. Mazkur qonun hujjatlarini örganiş natijasida bir qator huquqiy böşliqlar va kamçiliklar aniqlandi:
1. Nizomning bir qator normalari Oila kodeksida belgilangan qoidalarga töğri kelmaydi. Masalan, Oila kodeksining 151-moddasi köra, farzandlikka oliş – bolani farzandlikka olişni istagan şaxs(lar)ning arizasiga köra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olişning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga töğri kelişi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oşiriladi.
Biroq Nizomning 3-bandida farzandlikka oliş bolani farzandlikka olişni xohlagan şaxslarning arizasiga hamda vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga köra tuman, şahar hokimi qarori bilan amalga oşirilişi belgilangan.
2. Oila kodeksi 152-moddasida voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvçilar bölişi mumkinligi belgilangan bölib, mazkur talablar farzandlikka olinuvçilarning huquq va manfaatlarini töla darajada himoya qila olmaydi.
Mavzuga oid
Boşqaça aytganda, farzandlikka oluvçi şaxslarga qöyiladigan talablar qayta körib çiqilişi kerak. Bunda ularning yoş çegarasi, oilaviy holati ham hisobga olinişi maqsadga muvofiq.
3. Vasiylik va homiylik masalalari böyiça alohida maxsus vakolatli organning mavjud emasligi va mehribonlik uylari ustidan yetarliça nazorat örnatilmagani sababli noxuş holatlar kuzatilmoqda. Şuning uçun yangi tuzilma taşkil etilişi kerak.
4. Farzandlikka oliş tizimi oçiqligi va şaffofligini ta'minlovçi qoidalar belgilanmagan. Xususan, farzandlikka oliş uçun hujjatlarni masofadan turib topşiriş, farzandlikka oliş mumkin bölgan bolalar töğrisida ma'lumot oliş imkoniyati yaratilmagan.
5. Qonunçilikda farzandlikka olişning soddalaştirilgan tartibi mavjud emas. Mazkur holat yaqin qarindoşlar tomonidan farzandlikka oliş tartibining odatdagi tartibi bilan bir xil jarayonlardan ötişiga, rasmiylaştiriş muddatlarining uzayib ketişiga sabab bölmoqda. Şu sababli bolalarni farzandlikka olişdan köra, vasiylikka oliş holatlari soni oşib boryapti.
«Farzandlikka oliş tizimini soddalaştiriş tarafdori emasman»
Umida Mamanova – Toşkent şahridagi 21-sonli Mehribonlik uyi direktori:
Umida Mamanova
– Mehribonlik uylariga turli toifadagi fuqarolar murojaat qilişadi. Asosan farzandsiz oilalar, turmuşidan farzandi bölmay ajraşgan ayollar bola boqib olişni istaşadi.
Şunday oilalar borki, ularning farzandlari böla turib, yetim bolaga ğamxörlik qilişadi.
«Farzandlikka olişda hujjatlarni yiğiş jarayoni juda murakkab, şuning uçun buni yengillaştiriş zarur», deb menga köp murojaat qilişadi. Bu masala doim muhokama markazida. Ammo jarayon yengillaştirilişi kerak, demagan bölardim.
Töğri, hammamiz bolalar oilada tarbiyalanişlarini xohlaymiz. Lekin ba'zi sabablarga köra, biz bolani qaysidir oiladan olamiz va töğri qaror qabul qilmasdan xuddi şunday şaroitdagi boşqa oila qaramoğiga berib qöyişimiz mumkin.
Öz tajribamda köp duç kelganman: odamlar özining qandaydir ğaraz maqsadlari uçun farzand asrab olişadi.
Prezident tomonidan «Yetim bolalar va ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni ijtimoiy himoya qilişni kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Undagi imtiyozlarning barçasi insoniy tamoyillarga asoslangan.
Ötgan yili qabul qilingan qarordan söng menga bir neçta qönğiroq böldi: bir nafar bola asrab olsam qança pul berişadi? Rostan ham har bir bola uçun 820 ming söm beriladimi? Ikkita bola olsam, 1 mln. 640 ming söm böladimi? Uçta olsam-çi? Tuşunyapsizmi, bu yerda asosiysi – moliyaviy maqsad.
Farzandlikka oliş uçun köp kutiş kerak, deb nolişadi. Biz özimizning biologik zurriyotimizni ham 9 oy kutamiz. Bundan kam emas. Hattoki kuçli xohiş-istak bölsa ham, bolani osonlikça qölimga olib ketaman, deb bölmaydi.
Har bir narsaning öz vaqti bor. Avvalo, bola oilada tarbiya topişi kerak. Uning xohişiga qarab iş tutişimiz kerak. Hozirgi paytda yangi tuğilgan çaqaloqni qarovsiz taşlab ketişayotgani, öldirişayotganlarini OAVda eşityapmiz. Bunaqa holatlarni kuzatib, ular mehribonlik uylarida qolganlari yaxşi, deyman.
«Toşkentda 3 mingga yaqin fuqaro farzand asrab oliş uçun navbatda turibdi»
Suhrob Xoliqov – Xalq ta'limi vazirligi boşqarma boşliği örinbosari:
Suhrob Xoliqov
– 2019 yilda 2018 yilga qaraganda 3717 nafar köproq yetim bola farzandlikka olindi va bu ösiş dinamikasini körsatmoqda. Patronat tizimi ötgan yilgiga nisbatan 756 taga köpaygan.
Amaldagi qonunçilikka köra, farzandlikka olinuvçi va oluvçi örtasidagi farq 15 yoşdan kam bölmasligi belgilangan. Minimum yoş çegarasini qöysak, qaysidir ma'noda fuqarolarning huquqlarini çeklab qöyişimiz mumkin. Fikrimça, hozirgi tartib eng optimal yeçim, deb öylayman.
Farzandlikka berişda sinov muddati belgilanişi böyiça qonunçiligimizda mexanizm mavjud emas. Xorijiy tajribada bu muddat beriladi. Bizda patronat (bolani oilaga tarbiya uçun beriş) degan tuşunça bor. Şu şakldan amaliyotda foydalanadi. Farzandlikka oluvçi fuqaro vasiylik organi bilan bitim asosida bolani patronatga oladi. Bitimda belgilangan muddat farzand va ota-ona bir-birlarini örganişlari uçun qulay fursat hisoblanadi. Muddat tugagandan keyin ota-onalar xohlasa, sud tartibida bolani farzandlikka olişlari mumkin böladi. Bu, yuqorida aytilganidek, sinov muddatiga öxşaydi. Fuqarolar bu amaliyotdan köproq foydalanişadi.
Farzandlikka olişni istovçi fuqarolarning aksariyati 3 yoşgaça bölgan bolalarni asrab olişni xohlaşadi. 3 yoşdan yuqori bolani asrab olmoqçi bölganlar bölsa, ularni Mehribonlik uyiga yönaltiramiz – u yerda bola bilan muloqot qilib, farzand tanlaşlari mumkin. Agar menga ma'qul deyişsa, keyin hujjatlar rasmiylaştirilib, sudga yuboriladi.
Statistikaga köra, Toşkent şahridagi bolalar uyida 2500-3000 nafar fuqaro farzandlikka oluvçi sifatida navbatda turişibdi. Navbat qaçon kelişi Mehribonlik uyiga bolalar kelib tuşişiga boğliq.
Fuqarolarda savol tuğilişi mumkin: nima sababdan navbat kelişi keçikib ketyapti. Buni sabablari bor: bola mehribonlik uyiga tuşganidan söng 1 yilgaça farzandlikka beriş mumkinmas, çunki bu vaqt davomida bolaning ota-onasi yoki yaqin qarindoşlari aniqlanib qolişi ehtimoli bor.
Fuqarolar mehribonlik uylaridan bolalarni asrab olişlariga yengillik beriş uçun Vazirlar Mahkamasiga huquqiy hujjat loyihasi kiritildi. Unda topşirilgan hujjatlarni körib çiqiş muddati qisqartirildi. Ilgari 1 oy bölgan bölsa, loyihada 15 kun taklif sifatida kiritildi.
Şuningdek, yana bir qulayliklardan biri – tizimni elektronlaştirişdir. Fuqarolar hujjatlarni DXA orqali rasmiylaştirişlari, elektron navbat olişlari va uni kuzatib turişlari imkoniyati yaratiladi.
Muhabbat Ma'mirova suhbatlaşdi.
Tasvirçi – Otaxon Yusupov.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi