Özbekistonda farzand asrab olişning qiyinligi va bu jarayondagi qoğozbozliklar çaqaloq savdosi jinoyatlari sonining oşişiga sabab bölmoqda.

Bu haqda Içki işlar vazirining birinçi örinbosari Aziz Toşpölatov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Bunga, asosan, farzand körmayotgan oilalarning mehribonlik uylaridan farzand asrab olişi juda qiyinligi, vasiylik va homiylik organlari tomonidan beriş tartibi murakkabligi, köp hujjatlar talab qilinayotgani va talab qilingan hujjatlar mavjud bölmaganda oilalar farzand sotib olişga majbur bölayotganligi aniqlangan», – dedi Toşpölatov 30 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi majlisida.

IIV örinbosari şu boisdan farzand asrab oliş tartibini qayta körib çiqib, soddalaştiriş taklifini kiritdi.

Senat raisi, komissiya rahbari Tanzila Norboyeva bildirilgan taklif örinli bölganini ta'kidladi.

«Gapingizga qöşilaman. Farzandsiz oilalarning hujjatlarini rasmiylaştirilişini yengillaştiriş masalasi. Juda köp odam röyxatda turibdi bola olaman deb. Lekin nima sababdan bola ololmaydi, nima sababdan orqavarotdan bola olişga, sotib olişga harakat qilyapti, nimaga? Içiga kirib örganadigan taşkilot bormi-yöqmi?

Töğri aytyapsiz, hujjatlarni yengillaştiriş kerak böladi. Odamlar bola kerak böldimi, bolani bemalol olişi [kerak]. [Bola asrab oliş sir tutiladi, lekin] hujjatlarni rasmiylaştiriş, yöl-yöriğini şaffof qiliş kerak. Mana şu masalani örganib çiqiş kerak», – dedi Tanzila Norboyeva.