Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh koronavirus xavfi sababli Eronni amerikalik mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi
AQSh insorpapvarlik nuqtayi nazaridan Eron hukumatini koronavirus tarqalishi sababli o‘z turmalarida noqonuniy ushlab turilgan amerikalik fuqarolarni ozod qilishga chaqirdi.
Foto: REUTERS/Morteza Nikoubazl
Bunga AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo o‘z bayonotida chaqirgan.
“AQSh Eronni insonparvarlik nuqtayi nazaridan Eronda noqonuniy ushlab turilgan amerikaliklarni darhol ozod qilishga chaqiradi. Ularning tobora yomonlashib borayotgan sharoitlarda ushlab turilishi insoniylik mezonlariga ziddir. AQSh amerikaliklar o‘limi uchun javobgarlikni Eron tuzumiga yuklaydi. Bunga javobimiz qat'iy bo‘ladi”, deb aytilgan Pompeoning bayonotida.
AQSh davlat kotibining ta'kidlashicha, Eron turmalarida koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar chuqur xavotir uyg‘otadi va barcha amerikaliklarning to‘liq va darhol ozod qilinishini talab qiladi. “Eron tuzumi koronavirus epidemiyasi sababli yaqinda 70 ming mahbusni ozod qildi va shu bilan afv eta olishi hamda rahm-shafqat ko‘rsatisha olishini namoyish qildi. Biroq u bir necha amerikalikni besabab va hech qanday asossiz noqonuniy ushlab turibdi”, deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.
AQSh davlat kotibining ta'kidlashicha, Eronga koronavirus epidemiyasi ortida gumanitar yordam berishni o‘ylayotgan har qanday davlat Eron tomonidan ham insonparvar harakat ko‘rsatilishi – noqonuniy ushlab turilgan ikki fuqarolikka ega shaxslar va xorijliklarning ozod qilinishini kutib qoladi.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
13:18 / 24.01.2026