Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim vakolatlar Vazirlar Mahkamasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga berilmoqda
2020 yil 11 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Deputatlar prezidentning 2019 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ishlab chiqilgan ushbu qonun loyihasining mazmun-mohiyati, vazifalari, shuningdek, asosiy qoidalariga e'tibor qaratishdi.
Ta'kidlab o‘tilganidek, mazkur hujjatning maqsadi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning tegishli bandlariga o‘zgartish kiritishga qaratilgan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nizomi hamda Axborot-kutubxona va Axborot-resurs markazlarining namunaviy nizomlarini tasdiqlash vakolati Vazirlar Mahkamasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga berilmoqda.
Muhokamalarda qonun loyihasiga kiritilayotgan ushbu o‘zgartishga izoh berildi.
Ta'kidlab o‘tilganidek, prezidentning 2019 yil 2 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, agentlik axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
Shu munosabat bilan, parlament a'zolari qonun loyihasiga axborot-kutubxona faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ vakolatlarini kengaytirishga tegishli o‘zgartishlarni kiritish zarurati kelib chiqqanini qayd etishdi.
Majlisda qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Mavzuga oid
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
15:31 / 19.11.2025
Toshkent “Markaziy Osiyo - Xitoy” platformasida institutsional ishtirokini kengaytiradi
14:43 / 06.11.2025
O‘zbekiston energetikasida vodorod ishlab chiqarishni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi
09:53 / 08.10.2025