O‘zbekiston | 07:40 / 11.03.2020
5914
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston maxsus kuchlari qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi

O‘zbekiston maxsus kuchlarining ilg‘or rotasi o‘z zirhli mashinalarida tojikistonlik hamkasblari bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazgani Tojikistonga yetib keldi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashg‘ulotlar Tojikistondagi “Faxrobod” poligonida 11 martdan 14 martgacha davom etadi. Unda Tojikiston qurolli kuchlarining maxsus kuchlari rotasi ishtirok etadi. 

Maxsus jangchilar zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va o‘qotar qurol yordamida ikki davlat chegarasidagi shartli terrorchi guruhlarni yo‘q qilishlari kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylarining ilk qo‘shma mashg‘ulotlari 2018 yil sentyabrda Tojikistondagi “Chorrux-Dayron” o‘quv markazi bazasi va “Nurafshon” poligonida bo‘lib o‘tgan. 2019 yil sentyabrda esa ikki davlat harbiylari Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” poligonida shartli terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha malakalarini oshirganlar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid