Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: Italiyada savdo to‘xtatildi. AQShning 24 shtatida favqulodda holat e'lon qilindi
Italiyada koronavirus tarqalishi xavfi sababli dorixonalar va birinchi ehtiyojdagi buyumlar sotiluvchi do‘konlardan tashqari, butun tijorat to‘xtatildi. Shuningdek, AQShning 24 shtati va poytaxt Vashingtonda favqulodda holat e'lon qilindi.
“Men sa'y-harakatlaringizni qadrlayman. Biroq keyingi qadamni qo‘yish vaqti keldi. Biz dorixona va oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari, barcha tijoratni, savdo punktlarini yopmoqdamiz”, deb aytgan Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte.
Shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab restoran va barlar yopiladi. Shu bilan birga taomlarni uyga yetkazish mumkin bo‘ladi.
Jamoat transporti, bank, pochta, sug‘urta va moliya kompaniyalari ishlashda davom etadi.
Fabrikalar barcha ehtiyot choralariga amal qilingan holda ochiq qoladi. Qishloq xo‘jaligi faoliyati ham kafolatlanadi.
Konte ish beruvchilarni xodimlarini ta'tilga chiqarishga va masofadan ishlashni tashkillashtirishga chaqirgan.
Ma'lum qilinishicha, yuqorida aytib o‘tilgan choralar 25 martgacha kiritiladi.
10 mart kunidan Italiyada qat'iy karantin choralari, jumladan aholining zaruratsiz harakatlanishiga taqiqlov amal qilmoqda.
Italiyada bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni 2 mingni, vafot etganlar soni 196 nafarni tashkil qildi. Kasallanganlarning umumiy soni 12 mingdan oshib ketdi, qurbonlar soni 827 nafarni tashkil qilmoqda.
Bu orada koronavirus epidemiyasi tufayli AQShning 24 ta shtati va poytaxt Vashingtonda favqulodda holat e'lon qilindi.
11 mart kuni 4 ta shtat - Arizona, Nyu-Meksiko, Luiziana, Arkanzas hamda poytaxt Vashington, Kolumbiya okrugida favqulodda holat kiritilishi e'lon qilingan.
Avvalroq favqulodda holat Michigan, Vermont, Shimoliy Karolina, Massachusets, Kolorado, Ohayo, Illinoys, Rod-Aylend, Nyu-Djyersi, Oregon, Nyu-York, Pensilvaniya, Kentukki, Indiana, Merilend, Kaliforniya, Florida, Vashington va Havayi shtatlarida e'lon qilingandi.
Kolumbiya okrugi aholiga ming va undan ko‘proq kishilik ommaviy tadbirlarni bekor qilishni tavsiya qilgan.
Favqulodda holat rejimi majburiy karantin kiritish va inqiroz vaqtida narxni oshirishga urinuvchi sotuvchilarni qonunan ta'qib qilish imkonini beradi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1237 nafarni tashkil qilmoqda, ulardan 37 nafari vafot etgan.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026