Jahon | 01:07 / 12.03.2020
8543
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Italiya, Germaniya, Fransiya va Ispaniya bilan aviaaloqaga cheklov kiritdi

Foto: TASS

Rossiya 13 mart kunidan koronavirus epidemiyasi ortida Italiya, Germaniya, Fransiya va Ispaniya bilan aviaaloqaga cheklov kiritdi.

Bu haqda Rossiyaning koronavirus olib kirilishi va tarqalishi oldini olish bo‘yicha tezkor shtabida ma'lum qilindi.

Moskvadan Rim, Berlin, Myunxen, Frankfurt, Madrid, Barselona, Parijga va ortga muntazam reyslar bundan mustasno bo‘ladi. Reyslar “Sheremetevo” aeroportining F terminali orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, yuqorida tilga olingan davlatlarga ularning fuqarolari va boshqa xorijliklarni yetkazish hamda rossiyaliklarning bu davlatlardan olib chiqilishi bo‘yicha charter reyslarga cheklov taalluqli bo‘lmaydi.   

Bundan tashqari, Rossiya Italiya fuqarolariga ishbilarmonlik, gumanitar, diplomatik va ishchi vizalardan tashqari boshqa vizalar berishni vaqtincha taqiqladi. Shuningdek, hududlar ma'muriyatlariga xodimlarining xorijiy safarlarini bekor qilish tavsiya qilingan.

Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni butun dunyo bo‘ylab 114 ta davlatda 118 mingga yaqinni, undan vafot etganlar soni 4291 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasi pandemiyaga aylanganini e'lon qilgan. 

Mavzuga oid