Jahon | 22:01 / 12.03.2020
4817
2 daqiqa o‘qiladi

«U vaqtincha uydan ishlaydi» - Kanada bosh vaziri karantinga olindi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo karantinga olindi. Bu haqda bosh vazir administratsiyasiga asoslanib Kanada telekanallarida xabar berildi.

Foto: AP

Ma'lum bo‘lishicha, Tryudoning rafiqasi Sofi Tryudo Buyuk Britaniyadan qaytganidan so‘ng unda koronavirus alomatlari sezilgan. Shifokorlar tezda birinchi xonimdan analiz olib test natijalarini kutmay bosh vazirdan ham analiz olishgan. Tryudoning shifokorlari unga ma'lum vaqt davomida karantinda bo‘lishni tavsiya qilgan.

«Bosh vazir karantinda bo‘lgan vaqtida mamlakat rahbari lavozimidagi ishlarni davom ettiradi va uydan ishlaydi. U ko‘rsatmalarni telefon orqali berib boradi»,— deyiladi Kanada televideniyesida berilgan xabarda.

Tryudoda koronavirus alomatlari aniqlanmagan, ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan prezident administratsiyasi shunday qarorga kelgan. Ma'lumot uchun, 48 yoshli Jastin Tryudo sobiq teleboshlovchi Sofi Greguar bilan 2005 yilda turmush qurgan. Oilaning uch nafar farzandi bor.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid