Tramp Kanadaga nisbatan «adolatsiz tariflar» joriy qilsa, keskin javob qaytaramiz - bosh vazir Tryudo
Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishishi bilan Kanada tovarlariga 25 foizli boj joriy etilishini ma’lum qildi. Mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo agar bu amalga oshgudek bo‘lsa, AQSh o‘zining «oltin asri» uchun resurslarni Rossiya, Xitoy va Venesueladan qidirishiga majbur bo‘lishidan ogohlantirdi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada tovarlariga boj joriy etsa, mamlakat bunga «keskin» javob qaytaradi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi.
«Agar adolatsiz tariflar joriy etiladigan bo‘lsa, biz keskin javob qaytaramiz va kanadaliklar hamda o‘z manfaatlarimizni himoya qilamiz», — deydi Tryudo.
20 yanvar kuni Tramp o‘z administratsiyasi 1 fevraldan Kanada va Meksika tovarlariga 25 foizli boj joriy etishini ma’lum qilgandi. Donald Tramp, shuningdek, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 10 foizlik bojlar joriy etishga tayyor. U bunga Xitoydan Meksika va Kanada orqali AQShga har yili minglab amerikalik fuqarolarning hayotiga zomin bo‘ladigan sintetik fentanil giyohvandlik moddasining kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilishini sabab qilib ko‘rsatgan.
Tryudo Kanada Trampning tarif rejalari va uning o‘z administratsiyasiga ikki tomonlama savdo aloqalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berganidan xabardor ekanini bildirdi.
«Fentanil va Qo‘shma Shtatlarga kirib borayotgan noqonuniy migrantlarning 1 foizdan kamrog‘i Kanada hisobiga to‘g‘ri kelsada, hukumatimiz prezident [Tramp] tomonidan chegaralar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘tarilgan muammoni hal etish bo‘yicha choralarni allaqachon qabul qilgan — rejaga muvofiq chegara nazoratini kuchaytirishda 1 milliard dollarlik ishlar amalga oshiriladi. Biz chegaraning har ikki tomonidagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birgalikda harakatlarimizni boshlab yuborganmiz», — deydi Jastin Tryudo.
Shuningdek, u Kanada elektr energiyasi Amerikadagi ishlab chiqarish korxonalari, biznes va uylarni ta’minlashini ta’kidlagan. «AQShning eng yirik beshta savdo sheriklari orasida Kanada — Qo‘shma Shtatlar ishlab chiqarishda ijobiy savdo balansiga ega bo‘lgan yagona davlatdir va Kanada Xitoy, Yaponiya va Germaniyani qo‘shib hisoblaganda ham Amerika mahsulotlarini ko‘proq xarid qiladi», — deydi u.
Tryudo Tramp e’lon qilgan AQShning «oltin asri» uchun yanada ko‘proq po‘lat, alyuminiy, minerallar va boshqa resurslar talab etilishiga e’tibor qaratgan. «Kanadada ushbu resurslarning barchasi mavjud va biz farovon hamda xavfsiz Shimoliy Amerika iqtisodiyotini yaratish uchun Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda ishlashga tayyormiz», — deya ta’kidlagan Kanada bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kanada o‘rniga muqobil yechim sifatida Rossiya, Xitoy yoki Venesuela resurslaridan foydalanishi mumkin. «Ammo Kanada beqaror dunyoda xavfsiz va ishonchli sherik hisoblanadi… Albatta, agar Tramp Kanadaga qarshi tariflar joriy etishga qaror qilsa, Kanada javob qaytaradi», — deydi Tryudo.
Agar tariflar joriy etilsa, u amerikaliklar hamyoniga og‘ir zarba bo‘ladi, chunki Meksika va Kanada AQShning eng yirik uchta savdo sheriklari orasida bor. O‘tgan yili AQShga import qilingan barcha tovarlarning 30 foizi shu ikki davlat hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
Jamiyat | 10:04
-
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 08:37
-
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda
Jahon | 07:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
Mavzuga oid

23:29 / 14.03.2025
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi

09:01 / 14.03.2025
Kanada JSTga AQSh bojlari ustidan shikoyat qildi

22:05 / 12.03.2025
Kanada AQShdan import qilinadigan 20,7 mlrd dollarlik tovarlarga boj joriy etadi

20:53 / 11.03.2025