Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda «Matiz» va «Gazel» to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi, 17 nafar yo‘lovchi jarohatlandi
Nukus shahrida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda bir nafar fuqaro vafot etdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 11 mart kuni soat 09:00larda, Nukus shahar “Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir” 4R176 yo‘lining 2-km.da haydovchi A.B. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasida oldinda harakatlanayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi T.A. boshqaruvida bo‘lgan “Gazel” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
Natijada, “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi A.B. voqea joyida vafot etgan. “Gazel” rusumli transport vositasining 17 nafar yo‘lovchilari tan jarohati olishib, shifoxonaga murojaat qilishgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”gi amal qilishingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026