O‘zbekiston | 11:26 / 13.03.2020
13498
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Tojikistonga boradi

Foto: nuz.uz

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov 14 mart kuni bir kunlik amaliy safar bilan Tojikistonga boradi. Bu haqda «Aziya-Plyus» Tojikiston mudofaa mahkamasidagi manbaga asosan xabar qildi.

Qayd etilishicha, safar davomida Qurbonov «Faxrobod» harbiy poligoniga boradi, u yerda Tojikiston va O‘zbekiston Mudofaa vazirliklari maxsus topshiriqli kuch bo‘linmalarining qo‘shma aksilterror mashqlari yakunlanyapti.

Tojikiston Mudofaa vazirligi rahbari Sherali Mirzo va O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov mashqlarning faol ishtirokchilarini esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlaydi.

Uchrashuv davomida Mirzo va Qurbonov ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi ham kutilmoqda.

11 mart kuni boshlangan tojik-o‘zbek mashqlarida maxsus jangchilar zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va o‘qotar qurol yordamida ikki davlat chegarasidagi shartli terrorchi guruhlarni yo‘q qilishi kerak bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid