Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiya va Qirg‘iziston fuqarolari uchun chegaradan o‘tish tartibini qat'iylashtirdi
Qozog‘iston koronavirus epidemiyasi ortida o‘z fuqarolari hamda Rossiya va Qirg‘iziston fuqarolari uchun chegaradan o‘tish qoidalarini qat'iylashtirdi. Jumladan, davlat chegarasini kesib o‘tishda ichki hujjatlardan foydalanish taqiqlandi.
Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinishicha, Qozog‘iston fuqarolari (shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, tug‘ilganlik haqida guvohnoma), Rossiya fuqarolari (Rossiya fuqarosi pasporti) va Qirg‘iziston fuqarolari (ID-karta) uchun davlat chegarasini kesib o‘tishda ichki hujjatlardan foydalanish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, xorijiy pasportlar bo‘yicha sayohat qilishga ruxsat beriladi.
Rossiya va Qirg‘izistonda bo‘lgan qozog‘istonliklar va Qozog‘istonda bo‘lgan rossiyaliklar hamda qirg‘izistonliklar safarni amalga oshirgan hujjatlari bo‘yicha o‘z davlatlariga qaytishlari mumkin bo‘ladi.
Chegaralarning odatdagi kesib o‘tilishi tartibi koronavirus epidemiyasi barham topishiga qarab tiklanadi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligida ushbu choralarni to‘g‘ri tushunishga chaqirilgan.
Avvalroq Qozog‘istonda koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holatlar qayd etilgani ma'lum qilindi. Qozog‘istonga Germaniyadan qaytgan erkak va ayolda hamda Moskva orqali Milandan kelgan ayolda virus aniqlangan.
12 mart kuni respublikada barcha ommaviy tadbirlar, jumladan madaniy va sport tadbirlari, ko‘rgazmalar va anjumanlar bekor qilindi. Shuningdek, talabalar masofadan o‘qitishga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026