Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya qurbonlari: Aviakompaniyalar egalari koronavirus ortidan qancha zarar ko‘rdi?
Aviakompaniyalar asoschilari, rahbarlari va yirik investorlari koronavirus pandemiyasi sababli zarbaga uchradi.
Foto: Pixabay
Keyingi oyda aviakompaniyalar aksiyalari global bozordagi eng yomon sarmoyaga aylandi. Aksiyalar narxi tushishidan eng ko‘p zarar ko‘rganlar investor Uorren Baffet va yana bir nechta milliarderlar bo‘ldi.
• Bozordagi sarosimadan jabr ko‘rgan mashhur investorlardan biri — Uorren Baffet. O‘tgan oyda uning Berkshire Hathaway investitsion fondiga qarashli Delta, United, Southwest va American Airlines aviakompaniyalari aksiyalari 3,78 mlrd dollarga arzonlashdi.
• Aviabozorning sobiq tahlilchisi Pol Rider qo‘l ostidagi PAR Capital Management Boston hedj-fondi eng ko‘p pulni aviakompaniyalarga tikkandi va mos ravishda sezilarli zarar ko‘rdi. Fondning qiymati 3 mlrd dollarlik 40,5 foiz aktivi Amerika avialiniyalariga to‘g‘ri keladi. Fond koronavirusdan jabrlanayotgan turizm sohasi bilan ham uzviy bog‘liq: sayohatchilarga mo‘ljallangan Expedia, TripAdvisor va Trivago saytlari hamda Hertz va Avis avtomobillar ijara xizmatlari ulushlari ham unga tegishli.
• Yakka investorlar ichida koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan shaxs EasyJet asoschisi Stelios Xaji-Ioannu bo‘ldi. London birjasida aviakompaniya aksiyalari narxi bir oy ichida 47 foizga arzonlashdi, biznesmenning boyligi esa 1,1 mlrd dollargacha kamaydi.
• Allegiant Air louskosteri asoschisi Moris Gallaher kompaniyasi aksiyalari 38,6 foizga qulab, ulushi qiymati 286 mln dollarga tushib ketishini alam bilan kuzatdi.
• Hindistondagi IndiGo loukosteri asoschisi Rakesh Gangvalning boyligi 2,3 mlrd dollargacha kamaydi, unga qarashli InterGlobe Aviation xoldingi aksiyalari narxi bir oy ichida 28,3 foizga tushib ketdi.
• London birjasida Ryanair aksiyalari narxi 34,3 foizga arzonlashdi, kompaniya bosh direktori Maykl O’Lirining ulushi esa 531 mln dollargacha qisqardi.
• American Airline aksiyalari naqd 55,3 foizga tushib, kompaniya bosh direktori Uilyam Parkerning ulushi 33,9 mln dollargacha kamaydi.
• Southwest rahbari Geri Kelliga tegishli 792 000 dona aksiya narxi 38,7 foizga —28,6 mln dollarga arzonlashdi.
Aksariyat tahlilchilar yo‘lovchilar oqimi koronavirus pandemiyasi tugaganidan so‘ng V-simon shaklda tiklanishini taxmin qilmoqda.
Avvalroq United Airlines aviakompaniyasi turizm sohasida misli ko‘rilmagan zarar tufayli uni bartaraf etish uchun 2 milliard dollar qarz olgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
17:45 / 23.12.2025
Yangi FlyOne Asia aviakompaniyasi O‘zbekistonda 2026 yil aprelida ish boshlaydi
09:35 / 21.11.2025