Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transport yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqiladi
Hukumatning Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Foto: KUN.UZ
Hujjat bilan:
2020 yil I chorak yakuniga qadar Toshkent shahrida Yunusobod metro yo‘nalishining ll bosqichi, yer usti halqa metro yo‘nalishining I bosqichi hamda 2020 yil yakuniga qadar Sergeli yo‘nalishining I bosqichi foydalanishga topshirilishi;
transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilayotganligi ma'lumot uchun qabul qilindi.
Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2020 yilda Toshkent shahrida 152 ta yo‘lovchi tashish transport yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida 131 tasini optimallashtirish, 14 tasini yopish hamda 7 ta yangi yo‘nalishlarni ochish to‘g‘risidagi takliflari maqullandi.
Qarorda belgilanishicha, tashish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tender shartnomalariga o‘zgartirish kiritish asosida ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan shahar yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini maqbullashtirish va yopish amalga oshiriladi.
2020 yil 1 mayga qadar barcha turdagi shahar yo‘lovchi transportida foydalaniladigan yagona yo‘l chiptasi joriy etiladi.
Toshkent shahar hokimligi ”Toshshahartransxizmat” AJ bilan birgalikda:
a) 2020 yil oktyabrga qadar Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus harakati qatnovini tashkil etish maqsadida maxsus qatnov yo‘lagini (BRT) tajriba loyiha tariqasida amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan 20 ta zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni;
b) 2020 yil 1 sentyabrga qadar jamoat transportida yo‘nalishni rejalashtiruvchi ”Mening yo‘nalishim” elektron tizimini joriy etishni;
v) 2020 yil 1 dekabrga qadar:
shahar avtobuslari salonlarida bekatlarni avtomatik ravishda e'lon qilib borish tizimini joriy etishni;
yirik avtobus bekatlarida yo‘nalishlar harakati jadvali va avtobusning yetib kelish vaqtini ko‘rsatib turuvchi elektron-axborot tablolar bilan jihozlashni ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00
-
Prezidentlarga sovg‘a qilingan shokolad – «Qand»ning muvaffaqiyati nimada?
Biznes | 18:47
-
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43
-
Turkiya transport vaziri tezlikni me’yordan oshirgani haqida politsiyaga o‘zi xabar berdi
Jahon | 18:34
Mavzuga oid

23:16 / 25.08.2025
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun 4 ta yo‘lo‘tkazgich quriladi

18:08 / 25.08.2025
Toshkentdagi klinikada operatsiya paytida 9 yoshli bola vafot etdi

11:08 / 25.08.2025
Toshkentda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi boshlandi

09:57 / 25.08.2025