Jahon iqtisodiy forumi saytida koronavirusning ta'lim tizimiga ta'siriga bağişlangan maqola e'lon qilindi. Unga köra, pandemiya sababli kuzatilayotgan özgarişlar va ta'limdagi yangi yeçimlar – sohaga zaruriy innovatsiyalarni olib kelişi mumkin.

Lekin raqamli tafovut hisobga olinadigan bölsa, ta'limdagi yangi yondaşuvlar tengsizlik ortişini yuzaga keltiradi.

Koronavirus Osiyo, Yevropa, Yaqin Şarq va AQŞ böylab tezlik bilan tarqalayotgan bir vaqtda mamlakatlar pandemiya tarqalişini kamaytiriş böyiça operativ qat'iy çoralar qabul qilişdi. Sönggi ikki hafta davomida maktab va universitetlarda öqişlarga boriş töxtatilişi haqida bir neça xabarlar e'lon qilindi.

13 mart holatiga, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş taşkilotining hisob-kitoblariga köra, 39ta mamlakatda karantin sababli 421 milliondan ortiq bola maktabga vaqtinça bormayapti.

Mazkur özgarişlar şubhasiz muayyan noqulayliklarni keltirib çiqardi. Biroq pandemiya ta'lim sohasidagi yangi innovatsiyalarga sabab böldi. COVID-19 butun dunyodagi ta'lim tizimiga qanday ta'sir körsatişi haqida gapirişga hali erta bölsa-da, uzoq muddatli istiqbolda innovatsiyalar va raqamlaştiriş uçun uning ahamiyati katta.

Quyida kelajakdagi özgarişlarga işora qiluvçi 3ta tendensiyani közdan keçiramiz.

1. Koronavirus tarqalişi ta'lim tizimining rivojlanişiga turtki böldi. Bu hayratlanarli darajadagi ijobiy yangiliklarga olib kelişi mumkin

Xitoy, Anxu provinsiyasi. Öquvçi qiz uyidan turib onlayn darsda qatnaşyapti (2 mart, 2020)
Foto: Reuters / China Daily CDIC

COVID-19 butun dunyodagi köplab ta'lim muassasalari uçun qisqa vaqt mobaynida innovatsion yeçim topiş katalizatoriga aylandi.

Virus tarqalişini sekinlaştiriş uçun Gonkongdagi talabalar fevral oyida interaktiv ilovalar orqali uyda ta'lim olişni boşladilar. Xitoyda 120 million öquvçi töğridan töğri televizion translatsiyalar orqali öquv materiallarni özlaştiriş imkoniga ega bölişdi.

Boşqa mamlakatlarda ham oddiy, biroq ijodkorona yeçimlar amalga oşirildi. Nigeriya maktablaridan birida onlayn ta'limning asinxron instrumentlari sinxron video körsatmalar bilan töldirildi.