Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandlik va qashqadaryolik talabalar uchun poytaxtdan bepul avtomobillar karvoni tashkil qilindi
Butun mamlakat bo‘ylab joriy yil 16 martdan boshlab karantin e'lon qilinishi munosabati bilan barcha ta'lim muassasalarida ta'til e'lon qilindi.
Toshkent shahrida o‘qiydigan ko‘plab viloyatlik talabalarning uylariga qaytishi bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha viloyat hokimliklari tomonidan talabalar uchun bepul avtotransport xizmatlari tashkil qilinmoqda. Shu bois bugun, 18 mart kuni, Samarqand va Qashqadaryo viloyat hokimliklari tomonidan Toshkent-Samarqand, Toshkent-Qashqadaryo yo‘nalishlarida bepul transport qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Samarqand viloyat hokimligi tomonidan 6 ta avtobus va 70 ta yengil avtomashinalar tashkil qilindi. Kun davomida 6 ta avtobus belgilangan soatlarda Samarqand tomon qatnovni amalga oshirdi. 300 nafarga yaqin talabalar o‘z manzillariga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.


Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan avtokarvon aksiyasida esa Toshkent va Toshkent viloyatida o‘qiyotgan qashqadaryolik talabalar uyiga bepul olib ketildi. Talabalar shaharchasidan 150 ga yaqin yengil avtomobil, 20 ga yaqin avtobus, 4 ta mikroavtobusda 1000 nafarga yaqin talabalar o‘z manzillariga kuzatildi.

Qashqadaryo viloyatidan kelgan talabalarni o‘z manzillariga eltib qo‘yish uchun Toshkentga kelgan avtokarvon “Yoshlik” talabalar shaharchasida to‘plangan bo‘lsa, Samarqanddan kelgan talabalar “Toshkent” avtovokzalidan o‘z manzillariga jo‘nab ketishdi.
Muhabbat Ma'mirova, Bekjon Jo‘raqulov – Kun.uz muxbirlari
Doniyor Yakubov, Nuriddin Nursaidov – Operatorlar
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
20:26 / 20.06.2026
«Shunchaki yashash jonimga tegdi». Krasnodarda 19 yoshli talaba odamlarga pichoq bilan hujum qildi
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
20:49 / 29.05.2026