Prezident “Toşkent şahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va Toşkent şahar hokimligining “Raqamli Toşkent” kompleks dasturini amalga oşiriş böyiça taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi “Raqamli Toşkent” kompleks dasturi:
2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar röyxati;
“Raqamli Toşkent” kompleks dasturini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi;
2020 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytiriş böyiça loyihalar röyxati;
2021- 2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar röyxati tasdiqlandi.
Dasturning asosiy vazifasi etib şahar xizmatlarini boşqariş, ijtimoiy soha obektlari, işlab çiqariş, yöl transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalaşgan axborot muhitini yaratiş va keyinçalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boşqa hududlarida tatbiq etiş belgilandi.
Dasturga asosan 2020 yilda quyidagilar amalga oşiriladi:
1 mayga qadar avia, temir yöl va boşqa transport xizmatlariga elektron çiptalarni onlayn sotib oliş yagona axborot tizimini joriy etiş;
1 sentyabrga qadar barça umumta'lim maktablarida jurnal va öquvçilarning kundaliklarini qoğoz şaklida yuritişni bekor qiliş hamda ularni elektron tarzda yuritişga möljallangan yagona axborot tizimini işga tuşiriş;
1 noyabrga qadar kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, elektr energiyasi, içimlik suvi va issiq suv) böyiça tölovlarni onlayn tölaş hamda kommunal xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan elektron hamkorlikni ta'minlovçi “Mening uyim” yagona axborot tizimini joriy etiş;
1 dekabrga kadar “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini joriy etiş va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga 62 ta oilaviy poliklinikani ulaş.
Quyidagilar:
a) Toşkent şahar hokimligi ta'sisçiligida mas'uliyati çeklangan jamiyati şaklida Raqamli rivojlaniş departamenti taşkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:








