Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 21 iyun kuni taxminan soat 14:30 da Uchtepa tumani, 31-mavzesi hududida ikki nafar fuqaro tortishib qolgan va tomonlar o‘zaro janjallashib ketgan. Janjal vaqtida fuqaro U.M. o‘tkir tig‘li jism bilan fuqaro N.T.ga tan jarohati yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Natijada jabrlanuvchi “chap ko‘krak qismining sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan.
Hodisa joyiga yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori O.Abdullayev mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsni “issiq izi”dan topib, uni ushlash choralarini ko‘rgan vaqtida, U.M. unga ham pichoq bilan tajovuz qilib, faol qarshilik ko‘rsatgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi daliliy ashyo (N.T.ga tan jarohati yetkazgan pichoq) bilan profilaktika inspektori va PPX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan hamda tergovga jalb qilingan.
IIO xodimlari tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi ("Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:50 / 04.03.2026
Toshkent bosh rejasining o‘zgarishi: endi ayrim joylarda 30-40 qavatgacha qurilish qilsa bo‘ladi
13:44 / 04.03.2026
Toshkent markaziy ko‘chalarida 200 dan ortiq daraxtda kasallik belgilari aniqlandi
11:47 / 04.03.2026
Toshkentda bekatlar infratuzilmasi yangilanadi: 110 ta savdo obekti aniqlandi
19:02 / 03.03.2026