«Putinning oshpazi» AQSh bosh prokuroridan Barak Obamaga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qildi
Rossiyalik tadbirkor, “Putinning oshpazi” nomi bilan tanilgan Yevgeniy Prigojin unga tegishli kompaniyani ta'qib qilganlik uchun AQSh bosh prokurori Uilyam Barrdan AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, AQSh adliya vazirligi rahbarlari, parlamentchilari va diplomatlariga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atishni talab qildi.
Prigojinning fikricha, bu shaxslar til biriktirib, o‘zining noqonuniy harakatlari, hujjatlar va isbotlarni soxtalashtirish yo‘li bilan unga tegishli “Konkord” kompaniyasini, uning o‘zini va Rossiyani yomonotliq qilish maqsadida “Konkord”ga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishga muvaffaq bo‘lishgan.
16 mart kuni AQShning Kolumbiya okrugi sudi adliya vazirligi taklifiga ko‘ra, sudda maxsus xizmatlar manbalari va ularning ishlash usullari haqidagi ma'lumotlar oshkor bo‘lishidan xavotirda “Konkord menedjment i konsalting” kompaniyasiga qarshi ayblovlarni bekor qilgan.
Ayblov arizasida “Konkord” AQSh saylovlarga xorijiy aralashuvni qanday aniqlashi va bartaraf etishi haqidagi axborotni qo‘lga kiritish uchun sud tizimidan foydalanishga harakat qilgani aytilgan.
AQSh adliya vazirligi vakili “Konkord” o‘zini himoya qilish o‘rniga sud jarayonini prokurorlardan AQShga qarshi axborot kampaniyasini tashkillashtirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan maxfiy axborotni olish uchun foydalanganini aytgan.
Prigojin sudning qarori uning kompaniyasiga qarshi bildirilgan barcha ayblovlar yolg‘onligini anglatishini aytgan. U kompaniyasi nomidan AQShga qarshi 50 mlrd dollarlik da'voni ilgari surishga va'da qilgan.
AQSh adliya vazirligi 2018 yil fevralda 2016 yilgi prezident saylovlariga aralashuv bo‘yicha uchta kompaniya – Internet-tadqiqotlar agentligi (“trollar fabrikasi” deb ham ataluvchi), “Konkord menedjment i konsalting” hamda u bilan bog‘langan “Konkord keytering”ga qarshi ayblovlar ilgari surgan. Bundan tashqari, yana 13 rossiyalikka nisbatan ayblov bildirilgan. AQShning o‘sha vaqtdagi maxsus prokurori Robert Myuller ularni AQShdagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida jamoatchilik fikriga ta'sir o‘tkazish uchun ijtimoiy tarmoqlarda kampaniyalar tashkillashtirishda ayblagan.
Mavzuga oid
10:12
AQShda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni aytildi
08:31
AP: AQSh Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
08:02
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
22:07 / 19.11.2024