O‘zbekistonda 8,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
1 mart holatiga ko‘ra qurilish sohasida korxonalar va tashkilotlar soni 37,2 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,6 foizga oshdi
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda jami 8,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur'ati 2019 yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 8,1 foizni tashkil etdi.
Davstatqo‘m xabarida aytilishicha, 2020 yil 1 mart holatiga ko‘ra qurilish sohasida korxonalar va tashkilotlar soni 37,2 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,6 foizga oshdi.
Jami qurilish sohasidagi korxonalar va tashkilotlar sonining ko‘payishiga, bino va inshootlar qurishda - o‘tgan yilga nisbatan 20,7 foizga (jami qurilishdagi ulushi 60,8 foiz), fuqarolik obektlarini qurish - 11,8 foizga (jami qurilishdagi ulushi 8,5 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari - 23,0 foizga (jami qurilishdagi ulushi 30,7 foiz) o‘sishi asosiy omil bo‘ldi.
Respublikada soni bo‘yicha eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan qurilish korxonalari Toshkent shahri (18,7 foiz), Toshkent (8,4 foiz) va Qashqadaryo (8,3 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1,1 trln so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2019 yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 13,1 foizga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 0,6 foiz punktga ko‘payib, 12,6 foizni tashkil etdi.
Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Navoiy (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 26,1 foizi yoki 2019 yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 26,1 foiz), Toshkent shahar (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 21,7 foizi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foiz) va Namangan viloyati (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 21,0 foizi yoki 2019 yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 12,1 marta)ga to‘g‘ri keldi.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2020 yil yanvar-fevral oylarida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 67,5 foizi to‘g‘ri kelib, 2019 yilning yanvar-fevral oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 0,5 foiz punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2019 yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizni tashkil etgan holda 6 trln so‘m miqdorida qayd etildi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024