
Mart oyi o‘rtalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaksinaning 41 «nomzodi»ni ro‘yxatga oldi.
Nomzod vaksinalarini ishlab chiquvchilar orasida yirik global farmatsevtika holdinglari va taniqli universitetlar mavjud — Angliyadagi Oksford universiteti, Fransiyaning Paster instituti shular jumlasidan.
O‘tgan hafta davomida ularning ba'zilari odamlarda klinik sinovlar boshlanganini e'lon qilishdi. Qaysi mamlakatlarda qanday vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda?
Koronavirus haqida nimalarni bilish kerak? Asosiy savollarga javoblar
Rivojlanishdagi vaksinalar
Shu kunlarda AQShning bir qator shaharlarida koronavirusga qarshi vaksinani ko‘ngillilarda klinik sinovdan o‘tkazish boshlandi.
San-Diyegodagi Inovio tadqiqot markazining BBC’ga xabar berishicha, u yerdagi sinovlar bir necha oy davom etadi, ammo ular to‘liq muvaffaqiyatli kechganda ham ommaviy mavjud bo‘ladigan vaksina keyingi yil o‘rtalarigacha tayyor bo‘ladi deb hisoblash mumkin.
Italiyadagi kichik shaharda koronavirusni qanday qilib to‘xtatishdi?
Juma kuni Rossiyada «Rospotrebnadzor» Covid-19’ga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlanganini e'lon qildi. Matbuot xizmati hisobotida vaksinani 2020 yilning to‘rtinchi choragida joriy etish to‘g‘risida aytib o‘tilgan. RBK nashrining xabar berishicha, preparat dastlab jonivorlarda sinovdan o‘tkaziladi.
Avvalroq Bostondagi ikki kasalxonada potensial vaksina inson organizmida sinovdan o‘tkazilishi e'lon qilingan edi. Massachusets markaziy kasalxonasi dasturida uch nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda, ammo ba'zilariga platsebo (rangi, hidi, ta'mi va shakli doriga o‘xshash ammo ta'sir xususiyatiga ega bo‘lmagan moddalar) beriladi.
Sietldagi Kaiser Permanente tadqiqot markazining mutaxassislari to‘rt nafar ko‘ngillilarni eksperimental dozada emlashdi, deb xabar beradi Associated Press 17 mart kuni.
















