Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma Afrika davlatlariga koronavirusga tekshiruvchi 1,5 mlnta test hadya qildi
Alibaba korporatsiyasi asoschisi, xitoylik milliarder Jyek Ma Afrika ittifoqiga koronavirusga test o‘tkazish uchun 1,5 mlnta laboratoriya to‘plamini berganini ma'lum qildi.
Fin24 portalining xabar berishicha, tadbirkor, shuningdek, Afrika davlatlari tibbiy xodimlari uchun 100 mingta niqob va minglab himoya kiyimi jo‘natadi.
Testlarning birinchi partiyasi Afrika ittifoqi bosh qarorgohi joylashgan Addis-Abebe shahriga yetkazildi. Ushbu partiya Afrikaning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga topshiriladi. Markaz o‘z navbatida tibbiy vositalarni Afrika davlatlari o‘rtasida taqsimlaydi.
“Afrika ittifoqi raisi – JAR prezidenti Siril Ramaposa nomidan Jyek Ma va Alibaba jamg‘armasiga qit'amizga qilgan hadyasi uchun minnatdorlik bildiramiz”, deb aytgan JARning ittifoqdagi doimiy vakili Edvard Makayya.
Mavzuga oid
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:17 / 25.05.2026
Afrikadagi eng baland osmono‘par bino qurilishi yakunlanmoqda
10:59 / 09.05.2026