Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya to‘lovlaridagi huquqbuzarliklar monitoringda aniqlanadi
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Yangi mexanizm – Pensiya jamg‘armasida bo‘limida hisobda turadigan pensionerlar monitoringi joriy etiladi. Har oyning boshida bo‘lim boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi) monitoring o‘tkazish grafigini tasdiqlaydi. Monitoring har hafta kamida 2 kun mobaynida (ish kuni tartibini hisobga olgan holda) o‘tkaziladi va bir kunda 10 - 30 nafar pensionerlarni qamrab oladi.
Norma’ning yozishicha, monitoring doirasida ko‘cha va uchastkalar bo‘yicha biriktirilgan mas'ul xodim har bir pensioner bilan suhbat o‘tkazadi, natijasi bo‘yicha anketani to‘ldiradi. Unda, xususan, pensionerning pensiya yetkazib berilishi tashkil etilishi va bank filialiga nisbatan e'tirozlari aks ettiriladi.
Monitoring davomida quyidagi dalillar aniqlanadi:
pensionerning tirik ekanligi;
yashash joyi o‘zgarganligi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganligi;
jazoni ijro etish muassasasida ekanligi;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning internat uylarida (pansionatlarida) yashayotganligi;
ishonchnoma orqali pensiya to‘lovi to‘g‘ri to‘lanayotganligi;
pensiya qaydnomada ko‘rsatilgan pensionerga shaxsan to‘lanayotganligi.
Monitoring o‘tkazish davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha shaxs yoki tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiradi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi aniqlangan faktlar yuzasidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallariga kamchiliklarni bartaraf etish va o‘zlashtirilgan mablag‘larning yoki noqonuniy to‘langan mablag‘larni tiklashga oid zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun xat yuboradi.
Shu bilan birga, hujjatda quyidagilar belgilandi:
birinchidan, pensionerning tanloviga ko‘ra pensiya summasi, bir vaqtning o‘zida pensiya to‘lovining bir nechta shaklidan (naqd/plastik karta) foydalangan holda to‘lanishi mumkin. Ya'ni pensiyaning bir qismi naqd pul bilan to‘lanadi, qolgan qismi esa pensionerning plastik kartasiga o‘tkaziladi. Bunda ushbu qismlar nisbati hujjatda qayd etilmagan va pensiya oluvchining arizasiga ko‘ra belgilanadi. To‘lov shakli shaxs tegishli ariza bilan murojaat etgan yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani (bajarilgan ishlar dalolatnomasini) taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab o‘zgartiriladi yoki tiklanadi;
ikkinchidan, to‘liq bo‘lmagan oy kunlari uchun pensiya to‘lovi summasini aniqlash tartibi:
tayinlangan pensiya summasi tegishli oyning kalendar kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir kun uchun to‘lov summasi aniqlanadi;
bir kun uchun to‘lov summasi pensiya to‘lovi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli oyning kalendar kunlari soniga ko‘paytiriladi;
uchinchidan, tartib-taomillar (qaydnomalarni shakllantirish, joriy to‘lov davridagi buyurtmalar, pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida solishtirma dalolatnomalar), shuningdek mahkumlarga pensiya to‘lash tartibi.
Mavzuga oid
15:18 / 21.02.2026
Vasiylar faoliyati ustidan monitoring kuchaytiriladi - qaror loyihasi
10:52 / 04.02.2026
Dron va yonkamerali tekshiruvlar: suvdan foydalanish monitoringi kuchaytiriladi
09:05 / 01.11.2025
Monitoring natijasi: elektr va gaz bo‘yicha noreal qarzlar tugatildi
19:02 / 23.10.2025