Jahon | 20:39 / 24.03.2020
16101
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegarasini yopdi

Avvalroq Tojikiston O‘zbekiston, Afg‘oniston va Xitoy bilan chegaralarini yopgandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, 24 mart holatiga Tojikistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan.

Foto : TASS

24 martdan boshlab Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari yopiladi. Bu haqda Tojikiston TIV vakili ma'lum qildi.

"Mavjud vaziyat tufayli 24 martdan boshlab tojik-qirg‘iz chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlari vaziyat barqarorlashguniga qadar yopiladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu cheklov Tojikistonga kirib kelayotgan mamlakat fuqarolari va Tojikistondan chiqib ketayotgan xorijliklarga, yuk mashinalari haydovchilari, Tojikistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatlar va ularning oila a'zolari hamda hukumat delegatsiyalariga taalluqli emas.

Mavzuga oid