Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida «So‘zana milliy markazi» tashkil etiladi
Markazni tashkil etish ishlarini joriy yil yakuniga qadar tugatish va foydalanishga topshirilishi belgilab qo‘yiladi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida “So‘zana milliy markazi” tashkil etiladi. Bu haqda hukumat hujjati loyihasida aytilgan.
Muhokamaga joylashtirilgan hujjatga ko‘ra, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo sanoat palatasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyatining Urgut tumanida “So‘zana milliy markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Bunda:
buyurtmachi etib – Samarqand viloyati hokimligi;
bosh loyihachi etib – “O‘zshaharsozlikLITI” DUK;
bosh pudratchi etib – eng yaxshi salohiyatga ega bo‘lgan muqobil pudrat tashkilotlari orasidan tanlov asosida saralab olinishi;
Markazni tashkil etish ishlarini joriy yil yakuniga qadar tugatish va foydalanishga topshirilishi belgilab qo‘yiladi.
“So‘zana milliy markazi”ni tashkil etish konsepsiyasi tasdiqlanadi.
Samarqand viloyati hokimligi “O‘zdavergeodezkadastr” qo‘mitasi bilan birgalikda Markaz qurilishi uchun ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratilishini ta'minlaydi.
Samarqand viloyati hokimligi Markazning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishi va vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni o‘rnatadi.
Belgilanishicha, Markaz qurilishi va tashkil etilishi bilan bog‘liq xarajatlar tashabbuskor-investorlar mablag‘lari, xayriya mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar grantlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Madaniyat vazirligi Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda milliy madaniy meros hisoblangan so‘zana mahsuloti haqida o‘zbek, rus va ingliz tillarida videoroliklarni tayyorlash, shuningdek qisqa metrajli film ssenariysini ishlab chiqish va suratga olish;
Respublika “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda “So‘zana tikish san'ati”ni YuNeSKOning Nomoddiy-madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishini ta'minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘radi.
Savdo-sanoat palatasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi konsepsiyada belgilangan talablar asosida hunarmandlarni jalb etilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026