O‘zbekiston | 15:03 / 25.03.2020
8369
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z xodimlarining Toshkent viloyatidan ish joyiga kelib - ketishini tashkil qilish bo‘yicha yengillik yaratildi 

Tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z xodimlarining Toshkent viloyatidan ish joylariga kelib - ketishini tashkil qilish bo‘yicha yengillik taqdim etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: KUN.UZ

Qayd etilishicha, Toshkent shahri hududida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z xodimlarini Toshkent viloyatidan ish joylariga kelib - ketishini tashkil etish bo‘yicha yengillik yaratildi. 

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: 

(71) 210-01-15
(71) 210-01-16
(90) 950-10-11
(90) 935-88-06.

Eslatib o‘tamiz, 24 mart kunidan boshlab, Toshkent shahriga har qanday transport vositasida kirish va chiqish to‘xtatildi.

Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahriga yuk tashish maqsadida kirish va chiqishga cheklov bo‘lmaydi; 

Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar hamda chet el fuqarolari o‘zlarining shaxsiy transport vositalarida Toshkent shahriga kirishlari mumkin. Biroq Toshkent shahridan chiqish uchun cheklov o‘rnatiladi;

piyodalar uchun Toshkent shahriga kirish va chiqishga to‘siq qo‘yilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid