Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida karantinga olingan fuqarolarni saqlash uchun 3 ta obekt qurilmoqda
Toshkent viloyati hududida xorijdan kelgan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik karantinda saqlashga mo‘ljallangan 3 ta obekt qurilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov ma'lum qildi.

“Chirchiqda Toshkent harbiy okrugiga qarashli umumqo‘shin poligonida yuqumli kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan dala sharoitidagi harbiy-tibbiy gospital qurildi. U foydalanishga tayyor.
Bu yerda mudofaa vazirligining yuqori malakali harbiy shifokorlari faoliyat olib bormoqda. Mazkur hududda Afrikada Ebola virusini davolashda sinovdan o‘tgan maxsus izolyatsiya moslamasi bor.
Dala o‘quv maydonining bir qismida bemorlar ovqatlanishi uchun chodirlar qurildi. Shuningdek, bu yerda ona va bolalar dam olishi uchun maxsus joylar tashkil etildi”, deya Behzod Qobulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qobulovning aytishicha, ayni paytda Toshkent viloyatining Zangiota va Yuqori Chirchiq tumanlarida ikkita maxsus karantin hududi qurilishi jadal sur'atlarda davom etmoqda. Ushbu shifoxonalar qisqa muddatlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Toshkentda uchta shifoxona qurilib, foydalanishga topshiriladi



“Zangiotadagi shifoxonaning loyihasi uch kun ichida ishlab chiqilgan. U har biri 5000 kishiga mo‘ljallangan ikkita blokni, shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun turar joylarni, reanimatsiya bo‘limlarini va karantin uchun maxsus xonalarni o‘z ichiga oladi. 500 bemorga mo‘ljallangan ilk konteynerlar bugun kechki payt olib kelindi. Kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, shifoxonani jihozlash, zarur infratuzilmani yaratish qurilish ishlari bilan birga olib borilmoqda. Bu yerga xorijdan charter reyslar orqali olib kelinadigan o‘zbekistonliklar joylashtiriladi”, dedi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

14:25 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

15:28 / 22.07.2025