Karantin munosabati bilan IELTS imtihoni o‘tkazilmaydimi?
AOKA qoshidagi koronavirusga qarshi kurash shtabida bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov sohaga oid savollarga javob berdi.
Jumladan “4 aprelda IELTS imtihoni bo‘lishi kerak edi, karantin davrida bu imtihon bo‘ladimi yoki qoldiriladimi?” degan savolga javob berarkan “Britaniya kengashining ma’lumotiga ko‘ra barcha imtihonlar, IELTS imtihoni ham karantin davri yakuniga qadar amalga oshirilmaydi” dedi.
Tojikistonda tahsil olayotgan talabaning “o‘qishimni ko‘chirishga hujjatlarimni topshirganman va Samarqand davlat tibbiyot institutiga tavsiya etildim. Bugungi kunda Tojikistondagi oliy ta’lim muassasasi tomonidan hujjatlarim berilmayapti. Elchixona yordam bera olmadi. Vizamning muddati yaqin kunlarda tugaydi. Men kabi o‘zbekistonlik boshqa talabalarda ham shunday muammolar bor. Oliy ta’lim vazirligi tomonidan amaliy yordam berilishini so‘rayman” degan murojaatiga “Qo‘shni davlatlardan respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishlarini ko‘chirish istagida bo‘lgan 50 mingdan ortiq fuqarolarimizdan arizalar qabul qilingan. Qo‘shni davlatlar ta’lim vazirliklariga joriy yilning 10 martida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xat bilan respublikamiz fuqarolariga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan” deya javob berdi Abduvali Xoliqov.
Mavzuga oid
12:07 / 23.10.2024
“Katta natijalarga erishish mumkinligini qizlarimga isbotlash uchun IELTS’dan maksimal ball olishga harakat qildim” - IELTS’dan 9 ball olgan ilk o‘zbekistonlik ayol
17:02 / 31.05.2024
IELTS’dan 4 ball bilan ham magistraturaga kirish mumkinmi?
14:13 / 04.12.2023
«IELTS’dan yuqori ball olish muhim emas» - AQSh universitetiga to‘liq grant yutgan o‘zbekistonlik bilan suhbat
09:46 / 23.07.2023