Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda «Neksiya-3» va «Vaz-2106» to‘qnashdi, bir kishi vafot etdi
Holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 23 mart kuni soat 17:50larda Namangan shahrida yashagan M.K. “Neksiya-3” rusumli transport vositasida Namangan shahar, Marg‘ilon ko‘chasida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u sog‘ligi yomonlashgani tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro A.K.ga tegishli “Vaz-2106” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, haydovchi M.K. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
2020 yil 23 mart kungi STEning xulosasiga ko‘ra, marhum M.K. “Yurak ishemiya kasalligi, miakard infarkti”dan vafot etganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 02.05.2026
Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:59 / 28.04.2026
Namanganda bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
15:39 / 26.04.2026
Jomboyda mast haydovchi YTH sodir etdi
10:58 / 25.04.2026