Bugun fransiyaliklar jarima yoki politsiyadan emas, ölimdan qörqib köçaga çiqmayapti. Farang ölkasida vaziyat jiddiy, karantin maygaça çözilişi mumkin. Xitoy, Eron, Italiya va Ispaniyadan keyin virusdan eng köp jabrlangan beşinçi davlat aynan Fransiya bölib turibdi. Koronavirus aniqlangaç hukumat jiddiy çoralar körişga ötdi: maktab, restoran va kafelar yopildi. Söng har qanday yiğin ötkaziş taqiqlandi. Mamlakatda yoppasiga karantin e'lon qilindi.

Karantin boşida fransuzlar uni jiddiy qabul qilişmadi. Ular bahoriy kayfiyatda xiyobon, sohillar, toğ-çanği komplekslariga borişni kanda qilişmadi. Karantin e'lon qilinganiga qaramay, jamoat joylaridan odam arimasdi. Holatni jiddiy baholagan mamlakat prezidenti Emmanuel Makron duşanba kuni fransiyaliklarga keskin ohangda murojaat bilan çiqdi: «Tarqalamiz! Biz jangdamiz! Qaysidir armiya yoki davlatga qarşi emas, körinmas yovga qarşi jangda!».

Qarşingdan odam çiqsa, çetga öt

Biarritsa markazidagi köçada faqat şu yerda yaşovçilar yugurişi mumkin. Lekin yonda ma'lumotnoma bölişi kerak

Karantinning navbatdagi bosqiçida qat'iy qoidalar e'lon qilindi. Unga köra, uydan faqat şoşilinç ehtiyoj yoki iş joyidan berilgan ma'lumotnoma bilangina çiqişga ruxsat berildi. Sababsiz uydan çiqqanlar 130 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Ikkinçi marta «radarga tuşganlar» uçun esa jarima miqdori 1 000 yevro etib belgilandi.

Ikkinçi haftadan şartlar yanada oğirlaşdi. Endi uydan çiqişga faqat kuniga bir marta bir soatgagina ruxsat beriladi. Unda ham uydan 1 kilometr uzoq bölmagan masofaga boriş uçun. Ikki kişidan ortiq odamning yonma-yon yurişi taqiqlangan. Ba'zi hududlarda köçada yurganda faqat yakka yuriş, röparasidan odam çiqsa, bir yarim metr masofa saqlaş şarti joriy qilindi.

Sohillar, xiyobonlar, jamoat joylari yopildi. Qarindoşlarni körgani boriş, Şengen zonasidan çiqiş, töylar, diniy marosimlar ötkaziş mutlaqo taqiqlandi. Dafn marosimlarini yaqin qarindoşlar iştirokida ötkaziş belgilandi.

Sevişganlarga ham uçraşiş mumkin emas

Bugun fransiyaliklar bir narsani tuşunib yetişdi: odamlar bir-biri bilan qança kam uçraşsa, virusdan saqlanib qoliş imkoniyati şunça oşadi. Ana şunda karantin uzoq çözilmaydi va aholiga oşiqça xavf tuğilmaydi. Bugun fransiyaliklarga quyidagi holatlarda uydan çiqiş uçun ruxsat beriladi: