Fransiya Kassatsiya sudi çorşanba, 26 noyabr kuni sobiq prezident Nikolya Sarkoziga nisbatan uning 2012 yildagi saylovoldi kampaniyasida ortiqça xarajatlar böyiça çiqarilgan hukmni kuçda qoldirdi. Sud unga tayinlangan bir yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tasdiqladi. Şu tariqa hukm qonuniy kuçga kirdi. Jazoning olti oyi Sarkozi uçun şartli hisoblanadi, qolgan olti oy esa, masalan, elektron bilakuzuk taqiş kabi muqobil çoralar bilan almaştirilişi mumkin. Siyosatçining özi esa hamon özini aybsiz deb hisoblaşini ta’kidlab kelmoqda.
Kassatsiya sudi ayblovning mohiyatini qayta körib çiqmaydi, faqat jarayonda protsessual xatolar bor-yöqligini tekşiradi. Işning markazida Sarkozi 2012 yildagi kampaniyasi xarajatlari turadi. Öşanda konservativ lager vakili sifatida prezidentlikka qayta saylanişga harakat qilgan Sarkozi qonun bilan belgilangan 22,5 mln yevrolik limitni deyarli ikki baravarga oşirgan. Bygmalion event-kompaniyasi limitdan oşgan xarajatlarni yaşiriş uçun Sarkozining partiyasiga soxta hisob fakturalar taqdim qilgan.
Sarkozining öziga soxta hisob fakturalar sxemasini öylab topiş aybi qöyilmagan, lekin unga kampaniyani noqonuniy moliyalaştiriş aybi yuklangan. Yaqin kunlarda u jazoni qay tarzda ötaşini aniq biladi. Uning 70 yoşini inobatga olgan holda advokatlari şartlarni yumşatişga erişişga urinişi kutilmoqda. Kassatsiya sudi, şuningdek, apellyatsiya bergan yana uç nafar ayblanuvçi, jumladan Sarkozining saylovoldi kampaniyasi rahbariga hukmni ham özgarişsiz qoldirdi.
Sarkozi himoyasi Kassatsiya sudi qarorini “pretsedensiz” deb baholadi. Advokatlar apellyatsiya instansiyasi sudi Sarkozi haqiqatan ham xarajatlar limitidan oşib ketilgani yoki bu qanday usullar orqali yaşirilganidan xabardor bölganini isbotlay olmaganini eslatdi.
Bu Fransiyaning sobiq prezidentiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilişga oid ikkinçi hukm hisoblanadi. 2024 yil dekabrida u sudyani pora bilan böysundirişga uriniş işi böyiça bir yilga ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan, jazoni elektron bilaguzuk taqiş orqali ötaşi kerak edi. May oyida, uç oydan söng, uning yoşi tufayli bilaguzuk yeçib taşlangan.
Joriy yil sentabrida Sarkozi Liviya mablağlarining siyosiy faoliyatiga yönaltirilişi bilan boğliq “jinoiy uyuşma tuziş” işi böyiça beş yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilindi. U uç hafta qamoqda saqlangaç, noyabr boşida muddatidan oldin ozod qilindi. Unga oid apellyatsiya işi 2026 yil bahoriga belgilangan, Sarkozi yana oqlanişga erişiş niyatida.
10 dekabr kuni Sarkozining “Mahbus kundaligi” nomli kitobi çop etiladi, u Parijdagi Lya-Sante qamoqxonasida qisqa muddat bölgan davriga bağişlangan. Uni öng-konservativ tadbirkor Vensan Bollorega tegişli Fayard naşriyoti tayyorlamoqda. X ijtimoiy tarmoğida (sobiq Twitter) Sarkozi: “Qanday qilib sahro içki dunyoni mustahkamlasa, qamoq ham içki bardoşni kuçaytiradi”, deb yozdi. U 9 kvadrat metrlik kamerada doimiy şovqin va bir xillikka çidaşiga töğri kelganini sözlab berdi.
Nikolya Sarkozi 2007 yildan 2012 yilgaça Fransiya prezidenti lavozimini egallagan. U jahon moliyaviy inqiroziga qarşi kuraşda muhim rol öynagan. 2011 yilda Fransiya öşandagi Liviya rahbari Muammar Qaddofiyga qarşi qözğolonni qöllab-quvvatlaş uçun harbiy intervensiyada qatnaşgan ilk davlatlardan biriga aylangan.
Içki siyosatda esa, sobiq advokat pensiya yoşini 60 yoşdan 62 yoşga kötariş islohotini amalga oşirgan va migratsiya hamda içki xavfsizlik masalalarida qat’iy kurs tarafdori bölgan. Köplab sud işlariga qaramay, Sarkozi hozir ham öng siyosiy kuçlar lagerida maslahatçi bölib qolmoqda.












