Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Turkiyada koronavirusning da'vosi topilgani, bemorlar 4 kunda tuzalib ketayotgani rad etildi
Xitoy va Turkiyada koronavirus kasalligining da'vosi topilgani, bemorlar 4 kunda tuzalib ketayotgani haqida internetda tarqalgan xabarlar rad etildi.
AOKAda tashkil etilgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov bunday xabarlarni qat'iyan rad etgan.
«Agar shunaqa imkoniyat bo‘lganida koronavirus infeksiyasi dunyoni tahlikaga solmagan bo‘lardi. Hozir bu kasallik shu darajada katta tezlik bilan, intensivlik bilan tarqalyaptiki, insoniyat unga qarshi hech qanaqa chora topa olmayapti.
Agar koronavirusga chalingan bemorlarni 4 kunda davolab yuboradigan dori topilgan bo‘lganda allaqachon bundan boxabar bo‘lardik, dunyo hamjamiyati uni jon-dili bilan ishlatgan bo‘lardi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi Qaraman qishlog‘ida koronavirus kasalligi tarqalgani haqidagi ma'lumotlar yolg‘on ekanini aytgan edi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 15 mart kuni o‘tkazilgan brifingda OAVni koronavirus tarqalishi bo‘yicha asossiz xabarlar tarqatish oqibatlaridan ogohlantirgan, bunday holatda hazil ketmasligini ta'kidlagan edi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulovga ko‘ra, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
08:35 / 13.05.2026
Sanepidqo‘m: O‘zbekistonda hantavirus bo‘yicha vaziyat barqaror
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
18:50 / 27.01.2026