Avtomobil zavodi faoliyatini to‘xtatmayotgani karantin qoidalariga zid emas – Otabekov
Asaka shahridagi avtomobil zavodining karantin davrida ham ishlayotgani karantin qoidalariga zid emas, deb ma'lum qildi bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Karantin davrida tashkilot va muassasalar yoki zavodlar faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lsa, har bir xodim o‘z individual himoya choralarini ko‘rishidan tashqari, unday joylarda karantin va cheklov tadbirlariga rioya etilishi va xodimlarga sharoit yaratib berish bo‘yicha mas'uliyat korxonalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Bu haqda respublika maxsus komissiyasining tegishli bayonnomasi mavjud», dedi Otabekov 29 mart kungi brifingda.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari korxona va zavodlarni qanday eritmalar bilan dezinfeksiya qilish samarali ekani to‘g‘risida ham ma'lumot berdi.
«Hozir O‘zbekistonda dezinfeksiya tadbirlarida gipoxlorid kalsiy, gipoxlorid natriy, gipoxlorid kaliy kabi moddalar ishlatiladi. Bularning barchasi tarkibida xlor bor.
Bulardan tashqari, tarkibida ishqor moddalarini tutuvchi vositalardan ham dezinfeksiya qilishda foydalansa bo‘ladi», – dedi Nurmat Otabekov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, karantin va cheklov tadbirlari davomida mazkur xodimning ishtiroki talab qilinmasa, unga mehnat ta'tili berilishi qoidasi tibbiyot muassasalari xodimlariga ham tegishli.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
07:25 / 20.04.2024