Jamiyat | 22:53 / 29.03.2020
25320
5 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati: sinov davri bu – parishonlikka o‘rin yo‘q

El boshiga ish tushganda asl insonlar jipslashadilar. Dunyoni tashvishlantirayotgan koronavirus muammosi O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Ammo hayot to‘xtab qolmaydi, jamiyat muammolari o‘z yechimini kutib turaveradi.

27 kilometr masofadagi Toshkent-Nurafshon yo‘nalishi uchun usti ochiq bo‘lgan metro qurilishi rejalashtirilmoqda.

Umumiy uzunligi 27 kilometr masofadan iborat Toshkent-Nurafshon yo‘nalishida ochiq usulda metro qurilishiga ehtiyoj mavjud.Shuningdek, uchta ko‘prik, teatr va bir necha oliy o‘quv yurtlarining binolarini qurish ko‘zda tutilgan. 

Karantinga qaramay zarur yo‘nalishlarda faoliyat davom etadi.

Viloyatda joriy yilning yanvar-fevral oylarida rejadagi 20,6 mln AQSh dollari miqdoridagi xorij investitsiyasi o‘rniga 32,4 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirildi.

2020 yilning birinchi choragida 113,4 mln AQSh dollari miqdoridagi eksport rejasi ham uddalandi.  

Rossiya kompaniyasi Toshkent viloyatida ko‘p qavatli uy-joy qurmoqchi.

Rossiya Federatsiyasining ko‘p qavatli uy-joylarni qurishga ixtisoslashgan kompaniyalari vakillari kelib, ko‘p qavatli uy-joylarni bunyod etishdagi tajribasi, imkoniyatlari va xorij davlatlarida barpo etgan uy-joylari xususida batafsil ma'lumotlari bilan taqdimot marosimini o‘tkazishdi. Bir qator tuman va shahar hokimlari ishtirok etgan tadbirda tomonlar o‘zaro hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

Bo‘kada hayot qizg‘in – «Ming oilaga – ming tuhfa» aksiyasi bunga yorqin misol! 

Xalqimizning boshiga tushgan sinov davrida Bo‘ka tumanida fermerlar homiyligida kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, daromadi kam oilalarga bir boshdan qoramol tuhfa qilindi. Qoramol azaldan qishloq hayotida o‘ziga xos tayanch bo‘lgan. Demak eng kamida ming oila o‘ziga xos tayanchga ega bo‘ldi. 

Quyi Chirchiqda ham qator loyihalar:

Tumandagi «TCT Agrocluster» agrosanoat klasteri muvaffaqiyatga qanday erishmoqda?  

Quyi Chirchiqda yer maydonlariga yer osti sizot suvlari yaqinligi, hududi biroz pastda joylashganligi bois, dehqonchilik qilish birmuncha murakkabroq. Paxtachilik bilan birga, sholichilik, chorvachilik va baliqchilik sohalarini rivojlantirish uchun ham qulay imkoniyatlar mavjud. Ammo paxtachilikda ham yuqori natijalarga erishish mumkinligini «TCT Agrocluster» agrosanoat klasteri isbotladi.

Karantinga qarshi choralar birinchi navbatda

Quyi Chirchiq tumanida koronavirus epidemiyasining oldini olish maqsadida olib borilayotgan chora tadbirlar davomida tumanning barcha kirish postlarida, bozorlarda va aholi gavjum joylarida maxsus uskunalar bilan har bir fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Sizning sog‘lig‘ingiz biz uchun muhim. Aziz yurtdoshlar. Karantin vaqtida zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmang!

Qizil yarim oy jamiyati jarayonda faol 

Hozirgi kunda dunyo davlatlarini xavfga solayotgan koronavirus infeksiyasining oldini olish bizning asosiy maqsadimizdir. Qizil Yarim Oy jamiyati Quyi Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan 50 nafar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, keksa va yolg‘iz qariyalarga koronavirusning oldini olish maqsadida dori-darmonlar, shuningdek, inson salomatligi uchun kerakli bo‘lgan gigiyenik va antiseptik vositalari bepul tarqatildi. Bunday aksiyalar Qizil yarim oy jamiyati tomonidan uzluksiz ravishda amalga oshirilishi maqsad qilib olingan.

Sinovni saxovat bilan yengamiz!

Ayni damda yurtimiz sinovli kunlarda boshidan o‘tkazmokda. Shunday kunlarda xalqimizga xos bo‘lgan qadriyatlar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Quyi Chirchiq tumani hokimligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi bilan birgalikda ana shunday o‘zgalar ko‘magiga muhtoj 51 nafar oilalarga yordam qo‘lini cho‘zib, yuzaga kelgan qiyinchilikni birgalikda yengish choralarini ko‘rmoqda-, deya xabar beradi tuman hokimligi Axborot xizmati.

Mavzuga oid