Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy mamlakatda koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini ma'lum qildi
Xitoy kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi (81 439). Uni AQSh (122 666) va Italiya (92 472) quvib o‘tdi. Xitoyda koronavirusdan 3,3 ming kishi vafot etgan.
Foto: Getty Images
Xitoyda koronavirus infeksiyasi tarqalishini umuman olganda to‘xtatishga erishildi, dedi XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili Mi Fen. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 martda mamlakat ichida koronavirus yuqtirish holatlari 3 mingdan kamroq bo‘lgan.
Shu bilan birga, uning qayd etishi, virusga qarshi kurashning yangi bosqichi bo‘lishi ehtimoli mavjud, chunki xorijdan kelganlar orasida virus yuqtirganlar soni oshib bormoqda. Shanba kuni 42 mamlakatdan kelgan 693 kishida koronavirus aniqlangan.
South China Morning Post gazetasining ma'lumotiga ko‘ra, Xitoy kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi (81 439). Uni AQSh (122 666) va Italiya (92 472) quvib o‘tdi. Xitoyda koronavirusdan 3,3 ming kishi vafot etgan.
Avvalroq koronavirus tarqalishi boshlangan Uhan shahrida metro faoliyati qisman tiklangani xabar qilingandi. Metro karantin sababli ikki oy davomida ishlamay turdi.
Keyinroq Uhan shahri joylashgan Xubey provinsiyasida ichki aviaqatnovlarga ruxsat berildi.
28 mart holatiga ko‘ra, Xubey provinsiyasida birorta ham koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026