Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Andijonda karantindagi uylar darvozasiga maxsus belgi yopishtirib chiqildi
Ayni paytda Andijon viloyatida 2400ta xonadon va ularda yashovchi 16 ming fuqaro uy karantiniga olingan.
Foto: KUN.UZ
Viloyat IIBdan ma'lum qilishlaricha, xorijdan kelganlar va ularning qarindoshlari istiqomat qilayotgan xonadon vakillari uy karantiniga olinib, ularning karantin qoidalariga qat'iy rioya qilishi nazorat qilinmoqda.
Andijon viloyat IIB Huqubuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan profilaktika inspektorlari tomonidan 1735ta tibbiy kuzatuvga olingan xonadonlarga «Karantin qoidalariga rioya qiling!» maxsus belgilari yopishtirib chiqildi.





Eslatib o‘tamiz, 29 mart kunning birinchi yarmida berilgan xabarda Andijonda koronavirus bemorlari soni 3 nafar ekani aytilgandi. Ma'lum qilinishicha, er-xotin (ularning ikkisi ham shifokor) va ularning talaba qizida infeksiya tasdiqlangan.
Andijon viloyati hokimligi ma'lumotiga ko‘ra, kasallik tashxisi qo‘yilgan ayol 10 mart kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahriga borib, 11 mart kuni qaytgan. Oilaning O‘sh shahrida tibbiyot institutida o‘qiydigan qizi ham shu shaharda 10-18 mart kunlari bo‘lib, Andijonga qaytgan.
Bugun, 30 martda 2 nafar andijonlik ayolga koronavirus tashxisi qo‘yildi.
Mavzuga oid
11:44 / 06.04.2026
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
09:17 / 21.03.2026
Andijon viloyatida «Quruq port» quriladi
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
13:24 / 28.02.2026