Bugun, 30 mart kuni AOKA qoşidagi maxsus ştabda taşkil etilgan onlayn brifingda Sanitiraya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov karantin davrida nimalarni iste'mol qiliş mumkinligi haqida ma'lumot berdi.
«Karantin vaqtida amal qiliş mumkin bölgan alohida ratsion mavjud emas. Bu davrda ham doimiy iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlardan voz keçiş kerak emas.
Biroq bunaqa paytlarda immun tizimini kasalliklardan himoya qila oladigan darajaga yetkaziş uçun töyimli ovqatlar, tarkibida S vitamini bor kökatlar va mahsulotlarni kunlik ratsionga kiritiş mumkin», deya ma'lumot berdi Nurmat Otabekov.
Bundan taşqari, Nurmat Otabekov suyuqlik va şarbatlar içişni ham tavsiya qildi.
Şuningdek, Otabekov karantin davrida şaharlarga kiriş-çiqiş yopilayotgani ayrim bemorlarning faqat Toşkentdan topiş mumkin bölgan dorilarini qanday qilib olib kelişlari mumkinligi töğrisidagi savolga ham javob berdi.
«Hozir Özbekistonda xususiy dorixonalar tizimi ança yaxşi rivojlangan. Agar muntazam dori qabul qiladigan bemorlar özi yaşab turgan hududdagi dorixonaga murojaat qilib, kerakli dori vositasiga buyurtma bersa, zarur dorini olib kelib berişning imkoni bor», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Nurmat Otabekov vaksina topilişi ehtimoli koronavirus uçun kuraşda qanday yordam berişi mumkinligi töğrisida ma'lumot berdi.
«Koronavirus bilan kasallanganlarning tuzalişiga vaksina yordam beradimi, degan savollar kelmoqda. Lekin avvalo, biliş zarur bölgan narsa: vaksina heç qaçon davolaş vositasi bölmaydi, u - emlaş vositasi. Vaksina kasallik profilaktikasi uçun odamda immun tösiğini paydo qiliş uçun yuboriladi», dedi Nurmat Otabekov.
Şuningdek, Nurmat Otabekovning qayd etişiça, qayta-qayta emlaş immun tarangligini mö'tadil uşlab turiş uçun qilinadi.
Agar koronavirus uçun vaksina işlab çiqilib, uning samarasi tasdiqlansa, JSST tavsiyasiga köra, bu vaksinani emlaş kalendariga kiritiş yoki epidemik körsatmaga asosan emlaş borasida bir töxtamga kelinadi.













