Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin davrida xususiy shifoxonalarning ishlab turishi juda muhim – Nurmat Otabekov
Shu boisdan xususiy tabbiyot muassasalari avtomobillarining harakatlanishiga hech qanday cheklov o‘rnatilmagan.
Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov xususiy tibbiyot muassasalarining karantin davridagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Karantin davrida xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilgani yo‘q.
Agar xususiy klinikilar faoliyatini to‘xtatadigan bo‘lsak, hamma davlatga tegishli tibbiyot muassasalariga yugurib boradi. Natijada davlat klinika va shifoxonalaridagi yuklamalar miqdori ko‘payib ketadi. Shuning uchun ham karantin davrida barcha xususiy tibbiyot muassasalari ishlashi shart.
Uyga chaqiruv masalasiga kelsak, bu fuqaro va xususiy klinikalar o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq. Buning uchun fuqaro xususiy klinikalarga qo‘ng‘iroq qilishi, uyga chaqiruv shartlarini kelishishi kerak.
Karantin davrida xususiy tibbiyot muassasalari avtomobillarining harakatlanishiga hech qanday cheklov o‘rnatilmagan», dedi Nurmat Otabekov 30 mart kungi brifingda.
Mavzuga oid
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
13:28 / 10.02.2026