Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Andijonda karantinga olingan 35 kishi uylariga qaytdi
Andijon viloyati, Oltinko‘l tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida karantin tibbiy nazoratda turgan 35 nafar fuqaro 14 kunlik karantin muddati tugagach, uylariga qaytdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Istanbuldan qaytgan 13 nafar, BAAdan 7 nafar, Bolgariyadan 1 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 1 nafar, Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan 1 nafar fuqaro va ularning yaqin 12 nafar qarindoshlari Oltinko‘l tumanidagi yuqumli kasalliklar bo‘limida karantin kuzatuviga olingan edi.
14 kunlik karantindan so‘ng, ulardan olingan tahlil natijalariga ko‘ra, 35 nafar fuqaroning hech birida kasallik alomatlari topilmadi.
Ular uy sharoitida yana 10 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, bugun Namangan va Toshkentda ham 212 nafardan shaxsga karantindan uyiga javob berilgani ma'lum bo‘lgan edi.












Mavzuga oid
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
16:34 / 04.05.2026