Jamiyat | 14:15 / 31.03.2020
2295
1 daqiqa o‘qiladi

«Karantin davrida onkologik kasallikka chalingan bemorlar uchun kerak bo‘ladigan preparatlar yetarli» – Nurmat Otabekov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning aytishicha, karantin davrida onkologik kasallikka chalingan, ximioterapiya, nur terapiyasi olayotgan bemorlar uchun kerak bo‘ladigan preparatlar joylarda yetarli miqdorda. Ayni vaqtda Respublika onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududlardagi barcha filiallari to‘liq ishlamoqda.

«Men bevosita bu savolga javob berishdan oldin Respublika onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati bilan gaplashdim. Markazning barcha viloyatlardagi filiallari hozirgi kunda to‘liq ishlab turibdi. Ximiya terapiya uchun kerak bo‘ladigan preparatlar joylarda yetarli miqdorda mavjud.

Mabodo bemor uchun nur terapiyasi kerak bo‘lsa va ushbu imkoniyat siz yashab turgan viloyatda mavjud bo‘lmasa, u holda Respublika onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining joylardagi filialiga murojaat qilishingiz kerak. Nur terapiyasini oluvchilar uchun nafaqat Toshkent shahriga, balki qo‘shni viloyatlarga yuborish bo‘yicha alohida grafik mavjud», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid