Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi pandemiyaga qarshi kurashish uchun jahon YaIMning 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi
Antoniu Guterrish namuna sifatida AQSh kongressining Amerika iqtisodiyotining qariyb 10 foizini tashkil etuvchi 2 trln dollar mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorini ko‘rsatdi.

Foto: Reuters
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish pandemiyaga qarshi kurashish va uning iqtisodiy oqibatlarining oldini olishda rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish uchun AQShga o‘xshab jahon YaIMning 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi.
"Bizga jahon YaIMning kamida 10 foizini tashkil etuvchi umumiy, muvofiqlashgan javob kerak. Rivojlangan mamlakatlar buni qila oladi va ayrimlari amalga oshirishni boshladi", dedi u.
Guterrish namuna sifatida AQSh kongressining Amerika iqtisodiyotining qariyb 10 foizini tashkil etuvchi 2 trln dollar mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorini ko‘rsatdi.
"Men global miqyosda ham xuddi shunday qilish kerak deb hisoblayman. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarning tahdidlarga munosib tarzda javob qaytarish uchun pul chop etishimizni bildiradi", - dedi u.
Avvalroq BMT o‘rta va past daromadli davlatlarga koronavirusga qarshi kurash va uning oqibatlarini yengishda yordam berish uchun maqsadli jamg‘arma tashkil etishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09
-
Sog‘lom ozishni istagan ayollar uchun: ishonchli diyetologni qanday tanlash kerak?
Ayollar dunyosi | 14:49
-
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Biznes | 14:48
-
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:37
Mavzuga oid

14:08 / 21.07.2025
BMT boshqarmasi G‘azo sektoridan evakuatsiya bo‘yicha chaqiriqni qoraladi

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15 / 14.07.2025