Ma'ruza koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga global javob beriş mavzusiga bağişlangan.
Ta'kidlanişiça, BMT jamğarmani örta va past daromadli davlatlarga koronavirus pandemiyasi bilan boğliq favqulodda vaziyatga javoban harakat qiliş, ularga ijtimoiy-iqtisodiy şokdan tiklanişga yordam beriş maqsadida taşkil etmoqda.
Ma'ruzada 13 mart kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, BMT jamğarmasi va Şveytsariya xayriya jamğarmasi koronavirus oqibatlariga javob beruvçi öziga xos ilk jamğarma ta'sis etgani ma'lum qilingan. Bu jamğarma dunyoning istalgan nuqtasidagi xususiy şaxslar, korporatsiyalar va taşkilotlarga koronavirus va uning oqibatlariga qarşi kuraş böyiça sa'y-harakatlarda iştirok etiş uçun birlaşişga imkon beradi.
“Yiğilgan mablağlar soğliqni saqlaş tizimi xodimlariga öz işini bajariş, bemorlarni davolaş hamda kasallikni davolaş va undan vaksina yaratiş sohasidagi tadqiqotlarni ötkazişga yordam beradi. Bugungi kunda 200 mingdan köproq xususiy şaxslar va taşkilotlar bu jamğarmaga öz hissasini qöşib, 95 mln dollardan köproq mablağ töplaşga muvaffaq bölingan”, deyilgan BMT boş kotibi ma'ruzasida.
Avvalroq Guterreş dunyoning eng noçor davlatlarida koronavirusga qarşi kuraşni moliyalaştiriş uçun 2 mlrd dollarlik gumanitar javob rejasi amalga oşirilişini ma'lum qilgan. Gumanitar reja doirasida noçor davlatlarga virus bor-yöqligini aniqlovçi test ötkaziş uçun zarur laborator qurilmalar va bemorlarni davolaş uçun dori-darmonlar yetkaziladi. Bundan taşqari, uşbu davlatlarda lagerlar va aholi yaşaş joylarida qöllarni yuviş uçun stansiyalar örnatiladi.













