O‘zbekiston | 18:27 / 01.04.2020
5873
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Afg‘oniston rahbarlarining «Tolibon» bilan muzokaralar jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishladi 

O‘zbekiston Afg‘oniston rahbarlarining «Tolibon» bilan muzokaralar jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini olqishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston TIV bayonotida aytiladi.

Foto: KUN.UZ

«Afg‘oniston rahbarlarining inklyuziv muzokaralar jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi kelishuvini O‘zbekiston olqishlaydi va buni ichki siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish jarayonidagi muhim qadam deb qabul qiladi. Ayni bosqichda o‘t ochishni va zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan «Tolibon» harakati ishtirokida umummilliy afg‘onlararo muloqotga o‘tish o‘ta muhimdir», deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini yana bir bor bayon qildi.

9 fevralda Qatar poytaxti Dohada AQSh va «Tolibon» o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangandi.

Avvalroq «Tolibon» harakati Afg‘oniston hukumati tomonidan shakllantirilgan delegatsiya bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid