Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda aholisi karantinga rioya etmagan qishloq izolyatsiyaga o‘rab olindi
Qirg‘izistondagi Issiqko‘l qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 8 kishi karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun qishloq to‘liq izolyatsiya qilinib, o‘rab olingan. Bu haqda COVID-19’ga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtabi ma'lum qilgan.
Gap Issiqko‘l oblasti Tyup rayonidagi Issiqko‘l qishlog‘i haqida bormoqda. Bu qishloqda 8 kishi xorijiy safardan kelgach, majburiy tarzda karantinga olingan edi.
«Favqulodda vaziyat sharoitida ular uy karantini shartlarini buzganligi sababli koronavirusning tarqalishining oldini olish uchun oblast tezkor shtabi tomonidan butun qishloq izolyatsiyaga olindi», — degan shtab vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, izolyatsiya haqidagi qarordan so‘ng qishloq aholi norozilik aksiyasi o‘tkazgan. Biroq militsiya tartib o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. «Ayni paytda vaziyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazorati ostida», — deya aniqlik kiritgan shtab vakili.
Qirg‘izistonda hozircha koronavirusdan zararlanish holatlari soni 111taga yetgan. Kasallik avj olishi munosabati bilan respublikada favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Bir qator shaharlar, jumladan poytaxt Bishkekda favqulodda vaziyat rejimi amalda.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026