Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksportchilar uyushmasi yirik tadbirkorlar va eksportyorlarning mutaxassislariga maxsus ruxsatnoma olishda ko‘maklashadi
Yirik tadbirkorlar va eksportyorlar ham O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi orqali transport harakati uchun talab etiladigan maxsus ruxsatnoma olishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi raisining jamoatchilik masalalalari bo‘yicha maslahatchisi Fotima Qo‘chqorova Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 2 aprel kunidan kuchga kirgan kelishuvga ko‘ra, uyushma Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga stiker olishga ruxsat so‘rayotgan yirik korxonalar va tadbirkorlarning zaruriy mutaxassislarining avtomashinalariga istisno tariqasida ruyxatini taqdim etadi. Shundan so‘ng tasdiqlangan hujjat Adliya vazirligiga kiritiladi.
Buning uchun stiker olishga talabgor yuridik shaxs korxona nomi va ish faoliyati nimadan iboratligi to‘g‘risida arizani kiritishi lozim.
Uyushmaga qilingan murojat esa ma'lum muddat oralig‘ida ko‘rib chiqiladi va barcha talablarga javob bersagina stiker oluvchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
«Ayni mavzuda uyushmaga kuniga 400dan ortiq murojaat va savollar kelib tushayotganini hisobga olgan holda masalaga jiddiy e'tibor qaratildi. Bu imkoniyatdan qo‘shtirnoq ichidagi «uddaburon tadbirkorlar» foydalana olmasliklari uchun, O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi aniq ma'lumotlarga tayanib arizalarni ko‘rib chiqadi va «premium klass»dagi avtomobillar stiker oluvchilar ro‘yxatiga kiritilmaydi», deydi uyushma vakili.
Mavzuga oid
23:03 / 12.08.2020
15 avgustdan mashinada kun davomida harakatlanish mumkin bo‘ladi
16:42 / 03.08.2020
Eksportchilar uyushmasi raisining Kun.uz'da e'lon qilingan murojaatidan so‘ng, Farg‘onada tadbirkorlarning transportda harakatlanishiga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi
11:58 / 17.07.2020
Dam olish kunlari avtotransportlar harakati cheklanadi. Kimlarga ruxsat bor?
12:58 / 09.07.2020