Jahon | 07:38 / 03.04.2020
21280
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp koronavirusni 5 daqiqada aniqlovchi testni o‘zida sinab ko‘rdi

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus bor-yo‘qligini aniqlovchi yangi tezkor testni o‘zida sinaganini va tahlillar unda virus yo‘qligini ko‘rsatganini ma'lum qildi.   

Foto: REUTERS

“Men testni topshirishga bor-yo‘g‘i bir daqiqa sarfladim. Keyin natijani olishga menimcha 14-15 daqiqa ketdi – men ishimni davom ettirib, ularni hali-veri kutmayotganimda ular “prezidentda koronavirus borligiga manfiy tahlil chiqdi”, deb aytishdi”, degan Tramp Oq uydagi brifingda.   

“Men ikkinchi marta tahlil topshirishim. Men uni qiziquvchanlik sababli, u qanchalik tez ishlashi va qanchalik soddaligini bilish uchun topshirdim. Ikkinchi marta test topshirishim ancha yoqimli bo‘ldi”, deb ta'kidlab o‘tgan AQSh prezidenti.   

Avvalroq Tramp yaqin orada AQShda odamda koronavirus bor-yo‘qligini 5 daqiqada aniqlovchi testlar keng qo‘llana boshlashini ma'lum qilgandi.

Ushbu test AQShning oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ma'qullangan. Testning natijasi 5 daqiqadan 15 daqiqagacha ma'lum bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid