Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Surxondaryodagi qishloq yo‘li karantinga qanday yopildi
Mamlakatimizda ko‘rilayotgan karantin choralari insonlarni COVID-19 epidemiyasidan himoyalash maqsadida joriy etildi. Ya'ni bosh maqsad bu - inson, uning hayoti, sog‘ligi, xotirjamligi, oilalar omonligi.
Tahririyatimizga kelayotgan ba'zi maktublarda biz joylarda yuz berayotgan ba'zi o‘zboshimchalik – hech qaysi qoidalarda ko‘zda tutilmagan, karantin tadbirining mohiyatiga zid bo‘lgan «choralar» manzarasiga duch kelyapmiz.
Masalan, Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, Hayrondara qishlog‘ining ichki yo‘llari transport qatnovini cheklash maqsadida mana bunday tarzda yopib qo‘yilibdi.

Savol tug‘iladi: buni o‘ylab topgan mas'ullar qishloq ahlidan kimdir kasal bo‘lib qolishi, tez yordam chaqirishga ehtiyoj paydo bo‘lib qolishi mumkinligini nahot o‘ylab ko‘rmadilar? Loaqal, shunday oddiy mantiqiy ehtimol ularni bu «tadbir»dan nahot qaytarmadi?

Karantin, hali aytganimizdek, inson manfaati uchun qo‘llanadigan tadbir. Inchunun, uning qoidalari ishlab chiqilayotganda insonlarning hayoti va salomatligi karantin choralalari sababidan xavf ostiga qo‘yilishidan chetlaniladi, barcha choralar imkon qadar odamlarning hayotini qiyinlashtirmasligi lozimligi e'tiborda tutiladi.

Mavzuga oid
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026