Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fojia: bir oiladan uch kishi baxsiz hodisa tufayli vafot etdi
Dehqonobod tumanidagi hovlilardan birida xonadon egalari eski hojatxona yonidan chuqur qaziyotganda o‘rtadagi devor yorilishi natijasida fojia sodir bo‘lgan
Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, baxsiz voqea oqibatida 48 yoshli xonadon sohibi, 44 yoshli uning xotini va 20 yoshli qizi gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Voqea, kecha 3 aprel kuni sodir bo‘lgan. Shu kunning o‘zida xonadonning yana bir a'zosi 16 yoshli yigit Dehqonobod tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan.
Unga «Zaharli gazdan o‘tkir zaharlanish o‘ta og‘ir darajasi, o‘tkir toksimiya davri, o‘pka shishi, aspiratsion sindrom, o‘tkir nafas yetishmasligi, o‘tkir yurak va qon tomir yetishmasligi, toksik koma» tashxisi qo‘yildi.
16 yoshli bemorga zudlik bilan standart bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hayoti saqlab qolingan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026